Amaldorlarning xizmat mashinalaridan foydalanishi ustidan nazorat kuchaytiriladi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab xizmat avtotransportlaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida xizmat avtotransportlaridan foydalanish tizimini takomillashtirishga oid prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Hujjatda keltirilishicha, 2021-yil 1-yanvardan boshlab xizmat avtotransportlaridan faqat xizmat maqsadlarida foydalanilishi jamoatchilik tomonidan nazorat qilinadi. Xizmat avtomobillaridan shaxsiy manfaatlarda foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xizmatdan tashqari maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlanganda, O‘zbekiston Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining maxsus veb-portaliga, shuningdek, maxsus mobil dasturiy ta’minotiga foto va video materiallarni joylashtirish orqali xabardor qilinadi.

Xizmat avtotransportlari Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan davlat organining nomi aks ettirilgan maxsus emblema (gologramma) bilan jihozlanadi.

2021 yil 1-yanvardan boshlab davlat hokimiyati (mahalliy davlat hokimiyati organlari bundan mustasno) va respublika davlat boshqaruvi organlarida xizmat maqsadlarida, shu jumladan xorijiy delegatsiyalar va mehmonlarga xizmat ko‘rsatish autsorsing shartlari asosida avtobus, taksi va boshqa maxsus transport vositalari xizmatlaridan foydalanish tizimi joriy etiladi.

Qaror loyihasi 27-avgustga qadar muhokama qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0