Lukashenko Poznerning qaysi luqmasiga "ma’nodor qarash" qilgan edi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishPrezentatsiya knigi Vladimira Poznera
Prezentatsiya knigi Vladimira Poznera - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poznerning so‘zlariga ko‘ra, voqea 20 nafar rossiyalik jurnalistlarning Belarus yetakchisi bilan uchrashuvi vaqtida ro‘y bergan.

TOShKENT, 13 avg – Sputnik. Teleboshlovchi Vladimir Pozner 25-yil muqaddam Aleksandr Lukashenko nomiga o‘zi tomonidan aytilgan noaniq jumla va unga Belarus prezidentining munosabati haqida hikoya qildi.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko koronavirus, aroq va Jirinovskiy haqida latifa aytib, kuldirdi

Tegishli rolik uning "Pozner Online" saytidagi shaxsiy kolonkasida joylangan.

Poznerning so‘zlariga ko‘ra, voqea Boris Berezovskiy tomonidan tashkillashtirilgan, 20 nafar rossiyalik jurnalistlarning Belarus yetakchisi bilan uchrashuvi vaqtida ro‘y bergan.

Kechki tanovvul vaqtida mehmonlarga "samimiy mehmondorchilik" evaziga minnatdorlik ramzi sifatida qadah so‘z aytish taklif qilingan.

"O‘sha vaqtda, navbat menga yetib kelganida, nima deganimni yaxshi eslayman: "Onam meni kimningdir nonini ushatayotganingda, u odam haqida yo yaxshi gapirish, yoki hech narsa aytmaslik kerak, deya o‘rgatganlar. Shu bois, Aleksandr Grigoryevich, men sukut saqlayman". Shu gapni aytdim va joyimga o‘tirdim", - deya hikoya qiladi u.

Teleboshlovchining aytishicha, bunga javoban Lukashenko hech bir so‘z aytmasdan "faqat ma’nodor qarash qilgan", Berezovskiy esa undan farqli o‘laroq, juda achchiqlangan va aytilgan gaplarni yumshatishga uringan.

Yangiliklar lentasi
0