18:17 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
257 0 0

Viloyat yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada 13 740 nafar yoshlar tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan.

TOSHKENT, 13 avg - Sputnik. Andijon viloyatida yil boshidan buyon 32 268 nafar yoshlar (74,7%) oʻz ish joyiga ega boʻldi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar qilmoqda.

Jumladan, 2 725 nafari tikuvchilik va yengil sanoat, 1 173 nafari qurilish, 11 532 nafari qishloq xoʻjaligi sohalarida ish bilan taʼminlandi. Yoshlarning 4 205 nafari davlat korxonalarida, 5 858 nafari xususiy sektorda, 4 744 nafari boshqa yoʻnalishlarda oʻz ishini topdi.

Bundan tashqari, yoshlarning 2 254 nafariga 101 mlrd. 153 mln. soʻm kredit ajratilib, 3 980 ta yangi ish oʻrni yaratilishiga erishildi.

Joriy yilning oʻtgan davrida viloyatdagi 4 877 nafar ishsiz yoshlarga dehqonchilik qilishi uchun 91 ta massivdan 658,5 gektar yer ajratib berildi. Bu yer maydonlarining 344,8 gektari bogʻ qatorlari orasidan, 313,7 gektari esa adirlik hududlaridan berilgan.

2020 oʻquv yilida Andijon viloyatida umumtaʼlim maktablarini tamomlayotgan 40 298 nafar 11-sinf bitiruvchilari bandligini taʼminlash ham galdagi vazifa boʻlib turibdi. Bugungi kunda 23 654 nafar yoshlarga ustoz-shogird tamoyili asosida hunar oʻrganilmoqda. Viloyat yoshlari oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada 13740 nafar yoshlar tadbirkorlik bilan shugʻullanish istagini bildirgan edi. Hozircha ulardan 4604 nafariga 40,9 mlrd. soʻm kredit ajratishga qaror qilingan.

Asosiy mavzular