Tilak tilash vaqti: o‘zbekistonliklar “yulduzli yomg‘ir”ni kuzatishlari mumkin

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishMeteorniy potok Perseidi
Meteorniy potok Perseidi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kunlarda O‘zbekiston aholisi so‘nggi o‘n yil ichida eng kuchli bo‘lgan - Perseid “yulduzlar yomg‘iri”ga guvoh bo‘lishi mumkin.

TOShKENT, 13 avg — Sputnik. O‘zbekistonliklar “yulduzlar yomg‘iri”ni kuzatishlari mumkin.

Asteroid. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Bugun ulkan asteroid maksimal darajada Yerga yaqinlashadi

13 avgust kuni kechasi ajoyib osmon hodisasi – Perseid metero oqimiga guvoh bo‘lishi mumkin. Bu paytda osmonda soatiga 110ta yulduz tushadi. Falakiyot ishqibozlari uchun maxsus joy qidirish kerak emas, yulduzli yomg‘ir deyarli barcha hududlarda bemalol ko‘rish mumkin.

Yulduzlar oqimi hodisasi 23-iyuldan 20-avgustgacha davom etadi. Ayniqsa, O‘zbekistonning tog‘li hududlarda meteorlar oqimining go‘zal manzarasi yorqin ko‘rinadi.

Perseidlar - har yili Yer atmosferasidan o‘tadigan tosh, muz qatlami va chang zarralaridan iborat meteorit oqimidir. Odatda uning  faollik cho‘qqisi avgust oyining ikkinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri keladi.

Yangiliklar lentasi
0