19:59 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
218 0 0

Atrof-muhitni muhofaza qilishning yangi tizimini yaratish uchun real qadamlar kerak, dedi "Oka" mintaqalararo ekologik harakati raisi Alan Xasiyev.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqinda ekologik muammolarga bagʻishlangan yigʻilishda, respublikada chiqindilarni yigʻish va qayta ishlash tizimidagi koʻplab muammolarga toʻxtalib, ularni hal qilish yoʻllarini belgilab berdi. Davlat rahbari yil oxiriga qadar aholini sanitar tozalash xizmatlari bilan qamrab olinishini 66 foizdan 90 foizga yetkazish, shu jumladan xususiy biznesni jalb qilish orqali, shuningdek, sanitariya talablariga javob bermaydigan 51 ta poligonda muammolarni hal etish, qurilish chiqindilari uchun 26 ta poligon va ularni qayta ishlovchi klasterlar tashkil etish toʻgʻrisida koʻrsatma berdi.

Bundan tashqari, har bir hudud havo ifloslanishini tezkor tahlil qilish uchun koʻchma laboratoriyalar bilan taʼminlanadi, atrof-muhit uchun katta va oʻrta xavfi bor 240 ta yirik sanoat korxonalari uchun zamonaviy tozalash inshootlarini oʻrnatish va modernizatsiya qilish dasturi ishlab chiqiladi.

"Oka" mintaqalararo ekologik harakatining raisi Alan Xasiyev taʼkidlashicha, Oʻzbekiston rahbariyati ekologik muammolar va chiqindilarni boshqarish masalalariga qaratayotgan eʼtiborini faqatgina olqishlash kerak. 

"Oʻzbekiston uchun, boshqa sobiq sovet respublikalari singari, bu mavzu juda dolzarbdir. Deyarli 30 yil mobaynida muammolar toʻplandi, ularning aksariyati haligacha hal qilinmadi. "Holva soʻzini qanchalik koʻp gapirmang, ogʻzingiz shirinroq boʻlib qolmaydi". Atrof-muhitni muhofaza qilishning yangi tizimini yaratish uchun real qadamlar kerak, - dedi Xasiyev. – Sanitar tozalovni 100 foizgacha yetkazish - hal qilsa boʻladigan masaladir. Bunga iroda, fuqarolik jamiyatining birlashishi, barcha darajadagi hokimiyatlar va biznesni birlashishi kerak. Bu bir martalik ish emas - u tizimli yondashuvni talab qiladi va u yillar davomida ishlashga moʻljallangan boʻlishi kerak."

Mutaxassisning toʻliq sharhini Sputnik Oʻzbekiston radiopodkastida tinglang.

Xasiyev nazval usloviya resheniya musornoy problemы v Uzbekistane

Asosiy mavzular