22:48 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
816 0 0

Bir sutka davomida 439 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 33 093 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 13 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 439 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 33 093 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 179 nafari Toshkent shahrida, 60 nafari Toshkent viloyatida, 9 nafari Andijon viloyatida hamda 8 nafari  Navoiy viloyatida tana harorati koʻtarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 611 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 26 270 nafarga yetdi.

Ayni paytda 6 608 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Shayxontohur tumanida yashagan 63 yoshli D.A. (ayol) hamda Zangiota tumanida yashagan 66 yoshli X.E. (ayol), Olmazor tumanida yashagan 59 yoshli X.A. (ayol) hamda Yunusobod tumanida yashagan 62 yoshli N.I. (ayol) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 215 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Koronavirus turlari

Oʻzbekistonda koronavirusning 12 dan ortiq turi qayd etilgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligini 6-bayonnomasida koronavirusning 12 dan ortiq turi haqida yozilgan.

Shunga koʻra, ushbu alomatlar — koronavirusning oshqozon-ichak shakli boʻlishi mumkin. Hududingizdagi oilaviy shifokorga murojaat qiling, tekshirib, keyin nima qilish kerakligini tushuntiradi.

Test sinovlari

Test sinovlari uchun 3 soat vaqt ajratiladi. Taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish boʻyicha Davlat komissiyasi majlisi bayoniga muvofiq: Oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish test sinovlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan markaziy stadionlarda, qoida tariqasida, kuniga ikki smenada oʻtkaziladi.

Bunda, har 30 ta test topshirigʻini yechish uchun (javoblar varaqasini toʻldirish bilan birga) — 90 daqiqa vaqt ajratiladi (60 ta test topshirigʻiga jami — 180 daqiqa).

Uzoqda yashaydigan abituriyentlarni stadionlarga eltib qoʻyish uchun avtobuslar ajratilishi mumkin.

Tegishli vazirlik va tashkilotlar tomonidan test sinovi oʻtkaziladigan obʼyektlardan uzoqda joylashgan tumanlardan abituriyentlarni olib kelish va joyiga yetkazish boʻyicha jamoatchilik transporti qatnovlarini yoʻlga qoʻyish ustida ish olib borilmoqda.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,6 milliondan oshdi, 749 ming kishi vafot etdi, 12,8 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,2 mln), Braziliyada (3,2 mln), Hindistonda (2,4 mln).

Asosiy mavzular