18:13 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
394 0 0

Asalni isteʼmol qilish immunitetni mustahkamlashga va tanani infektsiyalardan himoya qilishga yordam beradi, deya taʼkidlaydi Asalarichilar jamiyati raisi Valeriy Kapunin. Ammo asal foydasi faqat shunday iborat emas, dedi u Sputnik radiosiga bergan intervyusi davomida.

Rossiyada 2020 yilda "Medovыy spas" bayrami 14 avgust kuni nishonlanadi. Shu bayramdan keyin, mamlakatimizda anʼanaga koʻra oziq-ovqat ratsioniga asalning yangi hosilini qoʻshishni boshlashadi.

Asal qancha yangi boʻlsa, shuncha foydaliroq boʻladi, deya hisoblanadi. Bu juda koʻplab shifobaxsh xususiyatlarga ega tabiiy mahsulot; asalning immunitetni mustahkamlashga yordam berishi barchaga ayon, bu esa joriy yilda ayniqsa dolzarb, deydi Asalarichilar jamiyati raisi Valeriy Kapunin Sputnik radiosiga bergan intervyusida.

"Agar asal haqida bebaxo shifobaxsh material yoki mahsulot sifatida gapiradigan boʻlsak, u holda asalning har qanday turi foydali xususiyatlarga ega. U mikroblar, zamburugʻlar va allergiyalarga qarshi xususiyatlarga ega. Shuningdek, u jarohatlar bitishini tezlashtirish va ichak sekretsiyasini tartibga solishda ishlatiladi. U shuningdek, yurakka ijobiy taʼsir koʻrsatadi va atrof-muhitning turli noqulay omillarga chidamlilikni oshiradi", - dedi asalarichi.

Valeriy Kapuninning soʻzlariga koʻra, eng foydali asal - inson oʻzi yashaydigan hududda toʻplangani hisoblanadi. Shu bilan birga, uning fikricha, ushbu qoida ekologik jihatdan noqulay boʻlgan joylarga nisbatan ham qoʻllaniladi. Asalarilar asalni yetishtirib, tarkibida asal boʻlgan oʻsimliklarda bor zararli moddalarning kontsentratsiyasini kamaytiradi, shuning uchun, asalarichining fikriga koʻra, asal oʻziga xos universal vaktsina vositasiga aylanishi mumkin.

"Asalarilar ifloslangan joylardan olingan nektarni, undagi zararli moddalar, shu jumladan radionuklidlar miqdorini kamaytirish orqali, pirovardida asalga qayta ishlash qobiliyatiga ega. Misol uchun, emlash nimani anglatadi? Masalan, biron bir moddaning, kasallikning maʼlum bir qismini tanaga kiritganimizda, tana ozroq miqdorini qayta ishlaydi-da, unda ushbu kasallikka qarshi antitanachalar hosil boʻladi. Xuddi shunday holat asal bilan ham roʻy beradi. Shuning uchun, odam oʻzi yashaydigan joydan toʻplangan asalni isteʼmol qilishi kerak. Asalarilar oʻz fermentlarini qoʻshgan holda, zararli moddalarni kichik miqdorga aylantirish qobiliyatiga ega", - deya ishonch bilan taʼkidlaydi asalarichi.

U nega asal shakarga qaraganda ancha foydaliroq ekanligini tushuntirdi.

"Asalning asosiy foydali tomoni shundaki, u monosaxariddir. U fruktoza va glyukozaga ajratilib boʻlgan. Biz shakarni isteʼmol qilganimizda, shakarni tarkibiy qismlarga ajratib yuborishi uchun, tana maʼlum miqdordagi kaloriyani sarflab, maʼlum fermentlardan foydalanishi kerak. Asal esa tanada darrov soʻrilib ketadi", - dedi Valeriy Kapunin.

Asosiy mavzular