21:33 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
1660 0 0

Parhezshunos-shifokor fikriga koʻra, pomidorni isteʼmol qilish har doim ham inson organizmiga foyda keltirmaydi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Shifokor-parhezshunos Natalya Kruglova fikriga koʻra, pomidorni isteʼmol qilish har doim ham organizmga foyda keltirmaydi.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova.

Xususan, Pomidor gastrit va oshqozon yarasi kasalliklari uchun xavflidir. Uning tarkibida juda koʻp miqdordagi organik kislotalar mavjud.

“Kasallik zoʻrayishi tugaganidan soʻnggina pomidorni asta-sekin ratsionga qoʻshish mumkin. Bundan tashqari, oshqozon-ichak trakti kasalliklarida yaxshisi xom shaklda sabzavotni isteʼmol qilmaslik kerak”, - deb tushuntiradi Kruglova.

Allergiya holatida ham pomidorni isteʼmol qilishdan voz kechish kerak. Pomidorning oʻzi kasallikning sababi boʻlmasligi mumkin. Biroq, allergiya jarayonini qoʻzgʻatadigan mediator - gistominning chiqarilishini keltirib chiqaradi.

Parhezshunos taʼkidlashicha, termik ishlov qilingan pomidor foydaliroq.

"Shu shaklda ular koʻproq likopin moddasini oʻz ichiga oladi - bu antioksidant boʻlib, u saraton kasalligidan himoya qiladi, shuningdek, yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Pomidorni qaynatib pishirish yoki qisqa vaqt ichida (taxminan oʻn daqiqa) past olovda dimlash mumkin. Ammo shuni yodda tutish kerak: qayta ishlash paytida S vitamini tarkibi pasayadi, shuning uchun eng yaxshi variant - har ikkala variantni navbatma-navbat qoʻllash", - deydi shifokor.

Bundan tashqari, shifokor doʻkonlarda sotib olinadigan pomidor souslarini koʻpam isteʼmol qilmaslikni maslahat berdi. "Ayniqsa oshqozon kasalliklari boʻlgan kishilarga tegishli. Koʻp ketchuplarga ishtahani qoʻzgʻatadigan shakar, taʼm kuchaytirgichlar, achchiq ziravorlar qoʻshilgan".

Pomidor tarkibida muvozanatli ovqatlanish uchun mos boʻlgan foydali vitaminlar, mikro- va makroelementlar mavjud. Kuniga 150-200 gramm pomidor isteʼmol qilish yetarli boʻladi. Parhezshunos har kuni pomidor isteʼmol qilishni tavsiya etmaydi.

Asosiy mavzular