23:43 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
408 0 0

Pandemiya sharoitida aholining toʻlov qobiliyati pasayishi hisobga olinib, farzandi toʻlov-shartnoma asosida oʻqiydigan oilalarga qator yengilliklar berildi.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Talabalarga kontrakt toʻlovi boʻyicha yengilliklar berildi.

Pandemiya sharoitida aholining toʻlov qobiliyati pasayishi hisobga olinib, farzandi toʻlov-shartnoma asosida oʻqiydigan oilalarga qator yengilliklar berildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi pandemiya davrida kontrakt narxlari borasida kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, Moliya vazirligi bilan birga takliflar ishlab chiqdi. Unga koʻra:

- 2020/21 oʻquv yilida amaldagi bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda oʻqiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi;

- OTMlar tomonidan yetim, chin yetim, nogiron boʻlgan talabalarga hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj, «temir daftar» roʻyxatidagi oilalar farzandlari boʻlgan talabalarga kontrakt toʻlovlarini qoplash uchun manzilli moddiy yordam koʻrsatiladi. Bunda OTMlar mavjud mablagʻlari hisobidan talabalarning ijtimoiy holatidan kelib chiqib, 4 mln soʻmgacha moliyaviy yordam koʻrsatish imkoniyatiga ega boʻladi;

- Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni oʻtagan va OTMlarda toʻlov-kontrakt shakli asosida oʻqiyotgan 4 ming nafardan ziyod talabaga shartnoma miqdorining 35 foizini toʻlash orqali moddiy yordam koʻrsatiladi. Ushbu moddiy yordam bir talabaga bir yilda 2,4 mln.soʻmdan 3,4 mln.soʻmgacha miqdorni tashkil etadi.

Qoʻshimcha qilinishicha, OTMlarda taʼlim olish (oʻzining, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun toʻlovlarga yoʻnaltiriladigan, soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlari daromad soligʻidan ozod qilingan boʻlib, bunda bir nafar talaba uchun kontrakt toʻlagan oilaga bir yilda 770 ming soʻmdan 1 mln 177 ming soʻmgacha mablagʻ daromad soligʻidan imtiyoz shaklida qaytadi.

Toʻlov-shartnoma asosida oʻqiydigan talabalarga shartnoma shartlarini bajarishda beriladigan chegirmalar hisobiga davlat byudjetiga ortiqcha yuk tushmasligi uchun oliy taʼlim muassasalarida oʻquv jarayoniga tegishli xarajatlar normativlari qayta koʻrib chiqiladi hamda ularda qoʻshimcha taʼlim xizmatlarni koʻrsatish hisobiga byudjetdan tashqari mablagʻlarni jalb qilish orqali chegirma xarajatlarini qoplash choralari koʻriladi.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular