18:02 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
896 0 0

Bir sutka davomida 498 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 33 821 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 14 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 498 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 33 821 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 127 nafari Toshkent viloyatida, 105 nafari Toshkent shahrida, 12 nafari Xorazm viloyatida, 8 nafari Andijon viloyatida, 3 nafardan Qashqadaryo va Fargʻona viloyatlarida hamda 2 nafari  Qoraqalpogʻiston Respublikasida tana harorati koʻtarilganligi uchun profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 612 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 27 825 nafarga yetdi.

Ayni paytda 5 776 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Shayxontohur tumanida yashagan 71 yoshli M.O. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 51 yoshli U.P. (erkak), Olmazor tumanida yashagan 72 yoshli A.YA. (erkak) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 36 yoshli F.R. (erkak) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 220 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Kontrakt toʻlovi boʻyicha yengilliklar

Talabalarga kontrakt toʻlovi boʻyicha yengilliklar berildi.

Pandemiya sharoitida aholining toʻlov qobiliyati pasayishi hisobga olinib, farzandi toʻlov-shartnoma asosida oʻqiydigan oilalarga qator yengilliklar berildi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi pandemiya davrida kontrakt narxlari borasida kelib tushgan murojaatlarni inobatga olib, Moliya vazirligi bilan birga takliflar ishlab chiqdi.  2020/21 oʻquv yilida amaldagi bazaviy toʻlov-kontrakt miqdori uchun kunduzgi shaklda oʻqiydigan barcha talabalarga 10 foiz chegirma beriladi. Bu haqda batafsil.

Metro ishga tushadi

15 avgustdan boshlab, Toshkent metropoliteni faoliyati qayta yoʻlga qoʻyiladi. Toshkent metropolitenining “Oʻzbekiston”, “Chilonzor” va “Yunusobod” liniyalari doimiy ish rejimida faoliyat yuritishni boshlaydi.

Avia va temir yoʻl qatnovi

Oʻzbekistonda 15 avgustdan mahalliy aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovlari boshlanadi.

Mahalliy aviaqatnovlar va temir yoʻl qatnovini tashkil etishda doimiy ravishda har bir aviaqatnov va temir yoʻl qatnovidan oldin tegishli havo kemasi va temir yoʻl vagonlari (shu jumladan, har bir oʻrindiqni) toʻliq dezinfektsiyadan oʻtkazish hamda havosini zararsizlantirish tizimini joriy etish choralari koʻriladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 20,9 milliondan oshdi, 760 ming kishi vafot etdi, 13 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,2 mln), Braziliyada (3,2 mln), Hindistonda (2,5 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular