18:52 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
924 0 0

Hozir hamma baravar bozorga borsa ijtimoiy masofa saqlash qiyin boʻladi, shuning uchun juda shoshilish, barcha xaridlarni maktabgacha amalga oshirish shart emas, deya taʼkidlaydi vazirlik

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. Xalq taʼlimi vazirligi ota-onalardan kelib tushayotgan davlat maktablarida yangi oʻquv yili qachondan boshlanishi, oʻquvchilar uchun oʻquv qurollari hamda maktab formasini xarid qilish masalalari yuzasidan savollarga javob berdi.

Xabarda qayd etishicha, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2020 yilning 20 avgustidan boshlab buyum bozorlari hamda buyumlar savdosi bilan shugʻullanuvchi yirik doʻkonlar faoliyatiga ruxsat berildi. 

"Albatta oʻquv yili qachon boshlanishidan qatʼiy nazar oʻquvchilar uchun oʻquv qurollari kerak boʻladi. Ota-onalarimizdan, bozor va doʻkonlar ochilgani bilan, sanitariya qoidalari va ijtimoiy masofa saqlashlari, ayniqsa, farzandlari sogʻligiga alohida eʼtibor qaratishlarini soʻraymiz. Hozir hamma baravar bozorga borsa ijtimoiy masofa saqlash qiyin boʻladi, shuning uchun juda shoshilish, barcha xaridlarni maktabgacha amalga oshirish shart emas. Oʻquv qurollari va kiyim-kechaklarni maktab boshlanganidan keyin ham olib berish mumkin, eng asosiysi oʻzingiz va farzandlaringizning salomatligini asrash!", - deyiladi xabarda.

Ayni damda oʻquv yilini boshlash yuzasidan mutasaddi vazirlik va idoralarga taklif kiritish boʻyicha topshiriq berilgan. Davlat umumtaʼlim maktablari boʻyicha Respublika Maxsus komissiyasining qarori yaqin kunlarda eʼlon qilinadi.

Avvalroq Xalq taʼlimi vazirligi maktablar faoliyatini davom ettirish boʻyicha 3 ta stsenariy taklif qilgani haqida xabar bergan edik.

Asosiy mavzular