19:11 18 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
998 0 0

Hammaga yaxshi ayonki, kamida saksondan oshish uchun sogʻlom turmush tarziga amal qilish kerak. Ammo, qanday qilib yuzdan oshsa boʻladi - hamon tibbiyot jumbogʻi boʻlib qolmoqda. Sputnik nashri ushbu savol bilan bulungʻurlik 100 yoshdan oshgan Ruxsat momoga murojaat qildi

TOSHKENT, 15 avg - Sputnik. Samarqand viloyati Bulungʻur tumanida Oʻzbekistonning eng keksa yashovchilaridan biri - 107 yoshli Ruxsat momo Rayimova istiqomat qiladi. Momo 1913 yilning 1 iyunida tavallud topgan. Butun umr pillachilik bilan shugʻullangan.

Ostona xatlab kelgan muxbirlarni tetiklik bilan kutib olgan momo anʼanaga koʻra qoʻlini duoga ochadi: "Ilohim, hamma sogʻ-salomat, oʻynab kulib yursin! Toshkentdagi ukam svetlarni yoqib, pensiyalarni berib qoʻyibdi, ilohim boshi hamisha omon boʻlsin!".

Rixsi momoning yonidagi jiyani, bu gapdan soʻng, muxbirlarga "Prezidentimizni "ukam" deydilar", - deya tushuntiradi va oʻz navbatida momoga qarab: "Amma, prezident soʻzini aytishga qiynalsangiz, hech boʻlmasa, poshshomiz, deng", deydi hijolat tortib. Ammo Ruxsat momo: "Yoʻq, ukam, deyman", deya unamaydi.

Momoning turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Toʻrt qizi borligini, hammasi pensiyaga chiqib ketganini aytadi. 92 nafar nevara-chevaralari, 18ta nevara kelini, 10 nafar duvarasi borligini aytadi. 

Momo "Uzoq yashash siri nimada?", deb berilgan savolga, "Umrim mehnatda oʻtgan, tinmay mehnat qilganmiz (bir pas jim qolib, nimadir esiga tushgandek, chehrasi yorishib davom etadi) men hali ham ish qilib turaman, bilsangiz. Oʻtinlarni maydalab tashlayman! Boltam, arram, choʻtim bor, hech kimga bermayman. Kelinlarga yordam qilib turaman. Ishlamasam, kasal boʻlib qolaman. Bolalar yoting, dam oling, deydi, yotmayman, deyman", - deydi yana oʻziga xos qaysarona ohangda momo.

Koronavirus infektsiyasidan qanday saqlanayotganiga toʻxtalar ekan, uydan deyarli chiqmasligini aytadi.

Press-slujba xokimiyata Bulungurskogo rayona
Dolgojitelnitsa iz Samarkandskoy oblasti

"Nevaralarim, havodan nimadir burningizga kirib, kasal qiladi. Uydan chiqmang, deyishdi. Yana nimadir (maska demoqchi - tahr.) taqib yurish kerakligini aytdi. Uydan chiqmayapman. Hamma sogʻ-salomat boʻlsin, dard yaqin yoʻlamasin, zamonimiz tinch boʻlsin", - deya duo qiladi yana suhbat yakunida Ruxsat momo.

Asosiy mavzular