13:41 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)
417 0 0

Hozirda 4673 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 1021 nafari ogʻir, 285 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. 2020 yil 16 avgust soat 10.00 holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 34 944 (+243) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 189 nafari Toshkent shahrida, 41 nafari Samarqand viloyatida, 6 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 5 nafari Namangan viloyatida hamda 2 nafari Xorazm viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) hamda Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Ayni paytda 30 043 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (86 foiz) sogʻaygan.

Hozirda 4673 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Ulardan 1021 nafari ogʻir, 285 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1163)

Asosiy mavzular