01:39 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
198 0 0

Barmoq izi orqali shaxsni aniqlash qurilmalaridan foydalangan holda abituriyentlarni shaxsini aniqlash choralari koʻriladi.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Milliy Gvardiya boshqarma boshligʻi Saʼdulla Safoyev ishtirokida Oliy oʻquv yurtlariga test sinovlari davrida jamoat tartibi va xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar haqida brifing oʻtkazildi.

Test sinovlari oʻtkaziladigan obʼyektlar va ularning atrof-hududida jamoat tartibi saqlash va xavfsizlikni taʼminlash maqsadida Milliy gvardiyaning 1000 nafardan ortiq harbiy xizmatchi va xodimlari, 800 tadan ortiq maxsus vositalar, 630 dan ortiq aloqa va 50 tadan ortiq transport vositalarini ajratilishi rejalashtirilgan. Kuch va vositalarni ajratilishida oliy taʼlim muassasalariga hujjat topshirgan abituriyentlar soni hisobga olindi. 

Test imtihonlarga bir abituriyent oʻrniga boshqa odam kirishining oldini olish maqsadida barcha obʼyektlarga kirish joylarida nazorat oʻtkazish punktlar tashkil etiladi. Ushbu joylarda yuzni tanib oluvchi kameralar oʻrnatilib bu kameralar orqali imtihonga abituriyent yoki boshqa shaxs kelganligiga aniqlanadi.

Bundan tashqari nazorat oʻtkazish punktlarida barmoq izi orqali shaxsni aniqlash qurilmalaridan foydalangan holda abituriyentlarni shaxsini aniqlash choralari koʻriladi.

Bunday holatlar aniqlanganda abituriyent oʻriga imtihon topshirishga kelgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan tartibda choralar koʻriladi.

Asosiy mavzular