22:46 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
96211

Bir sutka davomida 408 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 109 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 16 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 408 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 35 109 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining, 149 nafari Toshkent shahrida, 13 nafari Buxoro viloyatida hamda 3 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Davolanish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 621 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 30 664 nafarga yetdi.

Ayni paytda 4215 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Shayxontohur tumanida yashagan 66 yoshli M.X. (ayol) hamda Chilonzor tumanida yashagan 71 yoshli Z.M. (erkak), Zangiota tumanida yashagan 64 yoshli K.N. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 73 yoshli N.Q. (erkak) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 230 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Charter reyslar

Oltita davlatdan (Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya, Belarus, BAA, AQSH) Oʻzbekiston fuqarolarini olib kelish uchun charter reyslar jadvali tasdiqlandi.

17 avgustdan 30 avgust kunlari davomida 23 ta reys orqali xorijdagi fuqarolar evakuatsiya qilinadi. 

Kirish imtihonlari

Test imtihonlarga bir abituriyent oʻrniga boshqa odam kirishining oldini olish maqsadida barcha obʼyektlarga kirish joylarida nazorat oʻtkazish punktlar tashkil etiladi. Ushbu joylarda yuzni tanib oluvchi kameralar oʻrnatilib bu kameralar orqali imtihonga abituriyent yoki boshqa shaxs kelganligiga aniqlanadi.

Bundan tashqari nazorat oʻtkazish punktlarida barmoq izi orqali shaxsni aniqlash qurilmalaridan foydalangan holda abituriyentlarni shaxsini aniqlash choralari koʻriladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 21,5 milliondan oshdi, 771 ming kishi vafot etdi, 13,4 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,4 mln), Braziliyada (3,3 mln), Hindistonda (2,6 mln).

 

Asosiy mavzular