23:55 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
164 0 0

Jamoa namozlari barcha sanitariya choralariga amal qilgan holda ishlaydi: u yerda niqob va qoʻlqop taqish, ijtimoiy masofa saqlash, tana haroratini oʻlchash choralariga qatʼiy rioya qilish kerak boʻldi. 

TOSHKENT, 17 avg — Sputnik. Bugundan Oʻzbekistonda masjid, cherkov va boshqa diniy muassalalar jamoat tadbyuirlari oʻtkazish uchun ochildi. bu haqida Respublika Maxsus komissiyasi qarori eʼlon qilindi. 

Diniy muassaslarda jamoat tadbirlari oʻtkazish davomida barcha sanitariya qoidalariga rioya qilish talabi saqlanib qolingan. Masjid va cherkovlarga kelgan fuqarolar niqob va qoʻlqop taqish, ijtimoiy masofa saqlash, tana haroratini oʻlchash choralariga qatʼiy rioya qilishlari kerak boʻldi.

Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi xabariga koʻra, 5oydan ortiq kutilgan jamoa namozlari fayzli oʻtgan. 17 avgust kuni bomdod jamoa namozi Respublikaning bir necha masjidlarda boʻlib oʻtgan. Namozdan soʻng imom domlalar Respublika rahbarlariga, Oʻzbekiston xalqi haqiga duoi-xayrlar qilishgan va butun dunyodan kasalliklarni koʻtarishi soʻrashgan.

Eslatib oʻtamiz, Respublika Maxsus komissiyasi juma, shanba va yakshanba kunlari juma namozlari va boshqa yirik ommaviy diniy marosimlar oʻtkazishga hozircha ruxsat bermagan. 

Asosiy mavzular