22:37 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
548 0 0

Koronavirusdan vafot etgan bemorlarni daft etish jarayonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Koronavirusdan vafot etgan bemorning dafn marosimi qatʼiy belgilangan tartibda amalga oshiriladi, internetda tarqatilayotgan turli mish-mishlarga ishonmang, deb xabar qilmoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi. 

Birinchidan, jasadni uning yaqinlariga berish jarayoniga davolovchi shifokor aralashmaydi. Agar bemor shifoxonada vafot etsa, hech qachon biror shifokor uni shunday chiqarib yaqinlariga berib yubora olmaydi. Bunday holat yuz bergan taqdirda, oʻsha xodimga nisbatan chora qoʻriladi.

Ikkinchidan, barcha ishlar patologik anatomiya muassasasida belgilangan tartibda bajariladi. Qolaversa, muassasa xodimi jasadni oʻrashdan oldin, albatta uning yuzini yaqinlariga koʻrsatib , aniqlik kiritadi. Barcha jarayonlar hujjatda toʻla aks etadi, — deydi Respublika patologik anatomiya markazi direktori, professor Rajabboy Isroilov.

Hozirgi kunda koronavirusdan vafot etgan bemorlarni daft etish jarayonlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Respublika sanitariya epidemiologik osoyishtalik agentligi xodimlari ishtirokida amalga oshiriladi.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Oʻzbekiston Musulmonlar idorasi Ulamolar kengashi aʼzosi Mirzamaqsud Alimov ham ushbu vaziyatga doir maxsus yoʻriqnomalar haqida xabar qilgan edi. Xususan, agar mayyit tibbiy xodimlar tomonidan maxsus matolar bilan oʻrab qoʻyilgan boʻlsa, ularni tibbiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ochish mumkin emas. Bunda mayyitni qayta gʻusl qilish shart boʻlmaydi. Janoza namozi uzogʻi bilan 5-7 daqiqa davom etishi lozim. Janozada sogʻligi zaif, keksalar va yosh bolalar ishtirok etmasliklari kerak. Qatnashuvchilar ijtimoiy masofani saqlashlari muhim, - degan edi kengash aʼzosi. 

 

Asosiy mavzular