06:40 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
68910

Oʻzbekiston Havo yoʻllari avgustda epidemiologik vaziyat tufayli doimiy parvozlarni bekor qilib, 23ta charter parvozi amalga oshirishini eʼlon qildi.

TOSHKENT, 17 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Havo yoʻllari 1 sentyabrga qadar barcha xorijiy parvozlarni bekor qildi. Ushbu muddatga qadar faqat charter parvozlar amalga oshiriladi. 

Xabarda aytilishiga koʻra, oldin eʼlon qilingan va chiptalar sotilgan xorijiy parvozlar ushbu davlatlardagi epidemiologik vaziyat tufayli bekor qilingan. Avgust oyi uchun xarid qilingan chiptalar narxi yoʻlovchilarga qaytariladi yoki boshqa sanaga koʻchiriladi. 

Avgust oyida davomida Oʻzbekiston Havo yoʻllari boshqa davlatlardan vatandoshlarni qaytarish uchun 23ta charter parvozlar amalga oshiradi. 17-30 avgust kunlari kompaniya Moskvadan 5ta, Qozondan 4ta, Sankt-Peterburgdan 3ta, Novosibirsk va Vladivostokdan bittadan, Istanbuldan 2ta, Minsk, Seul, Dubay va Nyu Yorkdan bittadan parvozlar amalga oshiradi.  

 

Asosiy mavzular