04:23 31 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Jamiyat
Havola olish
1007 0 0

Bir kunda bir necha ovqatlanish davomida 2tadan 4tagacha olma isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Mutaxassislar 80-90 gramm ogʻirlikdagi bitta oʻrtacha olmani qalinligi bir santimetrga teng bir boʻlak nonga tenglashtiradi.

TOSHKENT, 18 avg - Sputnik. Bir kunda bir necha ovqatlanish davomida ikkitadan toʻrttagacha olma isteʼmol qilish tavsiya etiladi, ammo diabetga chalingan odamlar ushbu meva isteʼmolini cheklashlari kerak. Bu haqda 19 avgust kuni oʻtkaziladigan “Yablochnыy spas” bayramidan oldin RIA Novosti oʻtkazgan intervyularda diyetologlar va endokrinologlar gapirib berdilar.

"Olmaning eng katta afzalligi shundaki, bu meva tarkibida temirning rekord darajada koʻpligidir. Temir qonni hosil qilish, kislorodni tashiydigan, tanamiz aʼzolari va toʻqimalarni oziqlantirib turadigan, qonimizning qizil qismi boʻlgan eritrotsitlarni kerakli miqdorda saqlab turish uchun zarurdir. Shuning uchun bu kislorod ochligini, gipoksiyani oldini oladi, bu esa oʻpka va yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan insonlar uchun juda muhimdir", - deydi endokrinolog, tibbiyot fanlari nomzodi Zalina Gusova.

Olma poʻsti juda foydali, chunki uning tarkibida yalligʻlanishga qarshi taʼsirga ega fitokimyoviy moddalar mavjud. Shuningdek uning tarkibida pektin bor, u hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi. Bundan tashqari, olma tarkibidagi mikroelementlar va vitaminlar terini, tirnoqlarni va sochlarni yaxshi holatda saqlashga yordam beradi.

"Ushbu mevaning urugʻlarida koʻp miqdorda yod mavjud. Ammo ularda sinil kislotasi ham bor. Hisoblanishicha, kuniga uchta-toʻrttadan ortiq urugʻni isteʼmol qilib boʻlmaydi", - deydi Gusova.

Mutaxassislar 80-90 gramm ogʻirlikdagi bitta oʻrtacha olmani qalinligi bir santimetrga teng bir boʻlak nonga tenglashtiradilar, deya qoʻshimcha qiladi mutaxassis. Uning soʻzlariga koʻra, olma tarkibida fruktoza koʻpligi tufayli u anchagina kaloriyali mahsulotlir, shuning uchun ularni ortiqcha isteʼmol qilish semirish va diabet bilan kasallangan odamlar uchun nomaqbuldir.

© Sputnik / Dilshoda Raxmatova

Shuningdek, meva sharbatlaridan ham saqlanish kerak, deb ogohlantiradi nutritsiolog va diyetolog Aleksey Kalinchev, chunki ularning glikemik indeksi yuqori – bu uglevodlarning qondagi shakar darajasining oʻzgarishiga taʼsir qiladigan nisbiy koʻrsatkich. Surunkali gastrit bilan kasallangan odamlar uchun, mutaxassis kletchatkasi buzilib boʻlgan dimlangan olmani isteʼmol qilishni tavsiya etdi, va shu bilan birga u butun mevani isteʼmol qilishni yoqtirmaydiganlarga olmani pyure koʻrinishida isteʼmol qilishni tavsiya qildi.

"Eʼtibor bering, olmaga allergiya mutlaq hususiyatga ega emas. Koʻpincha shunday navlari borki, ularni mutlaqo hotirjam, har hil oqibatlardan qoʻrqmay isteʼmol qilishingiz mumkin. Nordon olma surunkali gastritning kuchayishi koʻrinishidagi xavfli asoratlarni qoldirishi mumkin. Shuningdek ular tarkibidagi kislotalar tufayli tish emali ham buziladi. Umuman olganda, odatda, bir kunda ikkita-toʻrtta olmani bir necha bor ovqatlanish jarayonida yeyish tavsiya etiladi. Faqatgina och qoringa emas, ovqatdan keyin!" - maslahat beradi Kalinchev.

 

Asosiy mavzular