VW Caddy tez yordam avtomobillari Samarqand shifokorlariga yetkazib berildi

© UzavtosanoatAvtomobili skoroy pomoshi na baze VW Caddy dostavleni medikam
Avtomobili skoroy pomoshi na baze VW Caddy dostavleni medikam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Volkswagen Caddy - transport furgoni asosida qurilgan tez yordam avtmobillari Samarqand Tez yordam bo‘limiga yetkazib berildi.

TOShKENT, 19 avg - Sputnik. Jizzax avtomobil zavodi “Volkswagen Caddy” transport mashinalari bazasidagi qurilgan tez tibbiy yordam avtomobillarining navbatdagi partiyasini Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasiga va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJga yetkazib berdi, deb xabar qilmoqda "O‘zavtosanoat" AJ matbuot xizmati.

Avtomobillar “Turin Invest Engineering” injiniring mutaxassislari tomonidan jihozlangan va pandemiya davrida aholiga xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Tez yordam avtomobillarida Sog‘liqni saqlash vazirligi talablariga muvofiq barcha kerakli jihozlar o‘rnatilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Volkswagen Caddy” avtomobillari iyul oyi oxirida 175 - 220 million so‘m narxlarda sotuvga chiqarilgan edi. Avtomobillar transport furgoni, yoki 7 o‘rindiqli miniven ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. 

© UzavtosanoatAvtomobili skoroy pomoshi na baze VW Caddy dostavleni medikam
VW Caddy tez yordam avtomobillari Samarqand shifokorlariga yetkazib berildi - Sputnik O‘zbekiston
Avtomobili skoroy pomoshi na baze VW Caddy dostavleni medikam
Yangiliklar lentasi
0