02:11 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
488 0 0

Asosan eski smartfonlar sekin ishlaydi, bu iOS va Android qurilmalariga ham tegishli. Android Go operatsion tizimida ishlaydigan zamonaviy qurilmalari ham sekin ishlashi mumkin.

TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. Smartfon xotirasida koʻp joyni egallaydigan, keraksiz yoki ogʻir dasturlarni oʻchirib tashlansa bu gadjetni tezroq ishlashiga yordam beradi. Bu haqda “Tsifrovoy grajdanin” MMTA platformasi eksperti Vladimir Gritsenko oʻz maslahatlarini berdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Asosan eski smartfonlar sekin ishlaydi, bu iOS va Android qurilmalariga ham tegishli. Android Go operatsion tizimida ishlaydigan zamonaviy qurilmalari ham sekin ishlashi mumkin.

Eski va ommabop smartfonlarni ikki usul bilan tezlashtirish mumkin: tizim sozlamalarini oʻzgartirish va keraksiz ilovalarni oʻchirib tashlash yoki ularning resurslari kam boʻlgan analoglarga oʻtish.

“Birinchi navbatda ogʻir - Facebook va YouTube singari ilovalarga eʼtiborni qaratish kerak.  Android’da ilovalarning yengil versiyalari - masalan Facebook lite, Google Maps Go mavjud. Veb-brauzerda sayt yoki xizmatning yengil mobil versiyasidan foydalanish, agar u sekinlashtirsa maʼlum dasturdan butunlay voz kechish mumkin”, - deb maslahat berdi ekspert.

Asosiy mavzular