13:41 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
327 0 0

Oʻzbekistondan miting va namoyishlar maʼmuriy binolardan 300 metr uzoqda va faqat 2 soat davomida oʻtkazilishi mumkin - yangi qonun loyihasi.

TOSHKENT, 18 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi miting va namoyishlar toʻgʻrisida yangi qonun loyihasini ishlab chiqib Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga joylashtirdi.

Yangi qonun Oʻzbekiston Respublikasida minting va namoyishlar borasida oldin qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlardan ustun boʻlib, ularda belglangan normalar ushbu qonunga muvofiqlashtiriladi.

Yangi qonunning asosiy maqsadi - Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish  bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdir.

Yangi qonunda miting, yigʻilish, namoyish, koʻcha yurishi, piket, fleshmob, va boshqa tushunchalarga batafsil ifoda berilgan.

Shuningdek miting tashkilotchisi, miting ishtirokchisi, mahalliy hukumat hamda ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlarining huquq va majburiyatlari koʻrsatilgan.  

Undan tashqari, mitinglar reglamenti - qayerda va qancha vaqt davomida oʻtkazilishi mumkinligi, tadbirda belgilangan xavfsizlik qoidalari hamda tashkiliy xarajatlar manbaalari ham koʻrsatib oʻtilgan.

Ruxsat olish

Miting va namoyish oʻtkazish uchun quyidagi tartib belgilangan:

Miting tashkilotchisi rejalashtirilgan sanadan 15 kun oldin mahalliy ijro hokimiyatiga ariza beradi.

Arizada miting shakli, reglamenti, ishtirokchilar taxminiy soni va maqsadi koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Shuningdek, mitingda qoʻllaniladigan tashviqot materiallari, miting tashkilotchisi yoki uning vakili ismi sharifi, foydalaniladigan texnik vositalar, moliyalashtirish manbai va boshqa maʼlumotlarni ham koʻrsatish kerak.

Mahalliy hokimiyat ushbu arizani 10 ish kuni ichida koʻrib chiqadi va IIV va Milliy gvardiya bilan birgalikda miting oʻtkazish uchun joy ajratadi. Baʼzan tadbir reglamentiga oʻzgarishlar ham kiritilishi mumkin.

Arizachiga namoyish oʻtkazishga ruxsat berish toʻgʻrisida xabar berish mazmunidagi javob xati bir vaqtda mazkur tadbirni oʻtkazishga ruxsat beruvchi rasmiy hujjat hisoblanadi.

Miting tashkilotchisi

Yangi qonunda aytilishiga koʻra, miting tashkilotchisi - 18 yoshga toʻlgan bir yoki bir necha Oʻzbekiston fuqarolari yoki nodavlat notijorat tashkilotlari boʻlishi mumkin.

Quyidagilar miting tashkilotchisi boʻla olmaydi:

  • muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxslar;
  • psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida roʻyxatda turgan shaxslar;
  • sudlangan, va probatsiya xizmati nazoratida boʻlgan shaxslar;
  • ommaviy tartibsizliklarda ishtirok etganligi, davlatga xoinlik qilganligi, konstitutsiyaviy tuzumga tajovuzkorlik qilganligi, ekstremistik va terrorchilik jinoyatlarini sodir etganligi, miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish va oʻtkazish tartibini buzganligi uchun ozodlikdan mahrum etilgan va sudlangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;
  • chet el fuqarolari yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslar;
  • respublika hududida faoliyati tugatilgan yoki roʻyxatdan oʻtmagan, shuningdek qonunda belgilangan tartibda faoliyati toʻxtatilgan nodavlat notijorat tashkilotining aʼzosi yoki rahbari hisoblangan shaxslar.

Tashkiliy xarajatlar

Miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkiliy xarajatlari va uning texnik taʼminoti - uning tashkilotchilari va ishtirokchilari tomonidan oʻz mablagʻlari hisobidan, shuningdek qonunchilik bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

Xorijiy davlatlar, xalqaro, xorijiy noxukumat va notijorat tashkilotlar tomonidan, yohud ularning topshirigʻiga asosan boshqa shaxslar tomonidan miting, yigʻilish va namoyishlarni tashkil etish  va oʻtkazish uchun  moliyalashtirish va mulk taqdim etishga ruxsat berilmaydi.

Fuqarolarni moddiy ragʻbatlantirish evaziga miting, yigʻilish va namoyishlarga jalb qilish taqiqlanadi.

Miting oʻtkazish joyi

Yangi qonunning 15 moddasiga muvofiq, miting va namoyishlar IIV, Milliy gvardiya va mahalliy hokimiyatlar bilan kelishilgan holda maxsus ajratilgan  joylarda oʻtkaziladi.

Miting va namoyishla oʻtkazish mumkin boʻlgan joylar quyidagi bino va obʼyektlardan 300 metr uzoqda joylashgan boʻlishi kerak:

  • davlat xokimiyati va boshqaruv organlarining maʼmuriy binolari,
  • mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari,
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlar,
  • harbiylashtirilgan, oʻta muhim va toifalangan obʼyektlar
  • chet el diplomatik vakolatxonalar va xalqaro tashkilotlar  binolari;
  • sudlar va jazoni ijro etish muassasalari  binolari;
  • havo, temir yoʻl, suv va avtomobil transporti tizimiga tegishli binolar, inshootlar va hududlar;
  • chegara zonalariga va qoʻriqlashning alohida turlariga tegishli hududlar;
  • ijtimoiy obʼyektlar joylashgan bino va hududlar (taʼlim, tibbiyot, bolalar muassasalari  va boshqa muassasalar;
  • dafn etish joylari va diniy tashkilotlar joylashgan joylar;
  • ommaviy axborot vositalari joylashgan binolar;
  • tarixiy va madaniy yodgorliklar;
  • xususiy mulk obʼyektlariga taalluqli boʻlgan bino va hududlar.
  • Alohida holatlarda tarixiy va madaniy yodgorliklar hisoblangan obʼyektlar joylashgan hududlarda miting, yigʻilish va namoyishlar oʻtkazish uchun joy ajratishda,  Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi bilan majburiy tartibda kelishilgan holda ruxsat beriladi.

Namoyishlar vaqti

Miting, yigʻilish va namoyishlarni haftaning ish kunlari soat kunduzi 10:00dan 18:00gacha vaqt oraligʻida oʻtkazishga ruxsat beriladi.

Bir joyda  va bir vaqtning oʻzida bir obʼyekt yonida ikki yoki undan ortiq miting, yigʻilish va namoyishlar oʻtkazishga ruxsat berilmaydi.

Miting, yigʻilish va namoyishlar davomiyligi ikki soatdan oshmasligi lozim.

Maʼlumot uchun ushbu qonun talablari  siyosiy partiyalar va boshqa diniy tashkilotlar tomonidan yigʻilish va boshqa tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazilishida yuzaga keladigan munosabatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Miting, yigʻilish va namoyishlar toʻgʻrisidaga qonun loyihasi bilan batafsil quyida tanishishingiz mumkin.

Asosiy mavzular