23:17 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
61520

Epidemiolog kuz va qish faslida anʼanaviy gripp viruslari koronavirus bilan birgalikda yana kuchli kasallikka olib kelmasligi uchun kuzda aholini grippdan emlash boshlanishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda sentyabr oyidan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi, deb xabar qildi Koronaviursga qarshi kurash shtabi aʼzosi, epidemiolog Rustam Ikromov "Shifobaxsh" kanaliga

Shifokor aytishiga koʻra, har yili kuz va qish faslida havo tomchi orqali yuqadigan odatiy gripp va nafas olish yoʻllari virusli shamollash holatlari tabiiy ravishda koʻpayishi kuzatiladi. Kuz va qishda ushbu viruslar koronavirus bilan birgalikda yanada kuchli kasallikka aylanishi mumkin. 

"Bu shifokorlar tilida mikst-infektsiya deyiladi yaʼni qoʻshilib kasallik chaqirishi mumkin boʻlgan holat kuzatilishi mumkin. Gripp va pnevmoniya chaqiruvchi virusli kasalliklarni koronavirus bilan birgalikda kelishi virusni kuchayishini va bundan ham ogʻirroq darajaga olib kelishini taxmin qilish mumkin", – dedi mutaxassis.

Uning alohida taʼkidlashicha, ayni kunlarda gripp va pnevmaniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Vaktsinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ommaviy vaktsinatsiya sentyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Asosiy mavzular