22:35 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
579 0 0

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning oxirida eri Margaritani bir necha bor oʻrmonga olib borib, oʻldirish bilan qoʻrqitgan. Rashk oʻtida yongan er Margaritaning qoʻllarini bolta bilan chopgan. U kamida oʻnta zarba bergan.

TOSHKENT, 19 avg - Sputnik. Rossiyaning Moskva viloyatida istiqomat qiluvchi, erining rashki tufayli qoʻllaridan ayrilgan Margarita Gracheva yangi munosabatlari haqida gapirar ekan, sevgilisining qarori jiddiy ekanini, sentyabrda ular nikohdan oʻtishlarini aytdi. Bu haqda "Woman.ru" portali xabar bermoqda.

Ayol toʻyga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida ilk bor hikoya qilganida, internet tarmogʻidagi aksariyat foydalanuvchilar u oʻzini piar qilmoqchi, degan gumonga borishgan edi. Ammo Margaritaning tan olishicha, bu singari gap-soʻzlar uni sira ham ranjitmaydi.

"Boʻlgʻusi turmush oʻrtogʻim juda toʻgʻri taktikani tanladi: u boshida shuncha doʻst tutindi. Bu yaxshi pozitsiya, shu tufayli men unga koʻnikdim", - deya izoh beradi Gracheva.

Ayolning aytishicha, birinchi turmushidan boʻlgan farzandlari boʻlajak turmush oʻrtogʻini iliq qarshi olishgan va oʻrtada yaxshi munosabat shakllangan.

"Ularning munosabatlari aʼlo darajada, chiqishib ketishdi, bu esa, ona sifatida men uchun juda muhim", - deydi Margarita.

Shu bilan birga Gracheva oʻsha mashʼum kun tafsilotlarini chetlab oʻta olmadi.

"Men oʻsha mashʼum kunni tushimda koʻrmay qoʻyganman, sovuq ter bosib ham uygʻonmayman. Shunchaki yashashda davom etyapman. <...> Avval boshdan yuz bergan hodisada mening aybim yoʻqligi, bu uchun men javobgarligim haqida zarracha ham xayol boʻlmagan. Abyuzer boʻlish, zoʻravonlikni qoʻllash uning (sobiq erining - tahr.) tanlovi edi - deydi ishonch bilan Margarita.

Ayolning aytishicha, erkakni otalik huquqidan mahrum etishgan.

"U mening farzandlarimga hech kim. U bilan muloqot qilishlari imkonsiz, deb bilaman. Buni nima keragi bor? U bolalarga nima bera oladi?", - deya xulosa qiladi Gracheva.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning oxirida eri Margaritani bir necha bor oʻrmonga olib borib, oʻldirish bilan qoʻrqitgan. Rashk oʻtida yongan er Margaritaning qoʻllarini bolta bilan chopgan. U kamida oʻnta zarba bergan. Sud erkakni 14 yil qatʼiy rejimdagi koloniyaga hukm qildi, va ikki million rubl komensatsiya toʻlash majburiyatini yukladi.

Gracheva sud qaroridan rozi emasligini aytgan. Shifokorlar ayolning bitta qoʻlini saqlab qolishga muvaffaq boʻlganlar, ikkinchisining joyida protez oʻrnatilgan.

Asosiy mavzular