02:21 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)
786 0 0

Sutka davomida 450 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 968 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 19 avg — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 450 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 36 968  nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 204 nafari Toshkent shahrida, 4 nafari Andijon viloyatida tana harorati koʻtarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 334 nafar bemor tuzalib, oʻz uylariga kuzatildi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 32 557 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 88 foizga yetdi.

Ayni paytda 4 164 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 4 nafar bemor –  Uchtepa tumanida yashagan 79 yoshli M.K. (ayol) hamda Yakkasaroy tumanida yashagan 80 yoshli A.K. (erkak), Andijon tumanida yashagan, Toshkent tibbiyot akademiyasi klinikasida davolangan 48 yoshli M.X. (erkak) hamda Uchtepa tumanida yashagan 83 yoshli L.B. (ayol) vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 247 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Xitoy shifokorlari

Xitoylik shifokor va mutaxassislarning navbatdagi guruhi birgalikda profilaktika, epidemiya ustidan nazorat, COVID-19ni davolash boʻyicha maʼlumotlar va tajriba almashish uchun Toshkentga yetib keldi. Mutaxassislar Oʻzbekiston-Xitoy tibbiyot markazida boshqa kasalliklar bilan ogʻrigan fuqarolarga zamonaviy va anʼanaviy davolash usullaridan foydalangan holda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatadi.

Gripp va pnevmoniyaga qarshi vaktsinatsiya

Oʻzbekistonda sentyabr oyidan aholini gripp va pnevmoniyaga qarshi emlash boshlanadi. ayni kunlarda gripp va pnevmaniyaga qarshi emlash uchun hukumat darajasida kerakli chora-tadbirlar olib borilmoqda. Vaktsinalarni chetdan olib kelish va joylarda emlash punktlarini tashkil qilish ishlari yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Ommaviy vaktsinatsiya sentyabr oyidan boshlanishi rejalashtirilgan.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 22,1 milliondan oshdi, 780 ming kishi vafot etdi, 14,1 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (5,5 mln), Braziliyada (3,4 mln), Hindistonda (2,8 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1161)

Asosiy mavzular