14:32 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
70 0 0

"Oʻzbekiston temir yoʻllari" Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida shaharlar atrofida qatnaydigan elektropoyezdlar harakatiga ruxsat berdi.

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda 22 avgustdan boshlab shaharlararo elektropoyezdlar qatnovi qayta yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqida «Oʻzbekiston temir yoʻllari» xabar qilmoqda.

22 avgustdan boshlab quyidagi elektropoyezdlar qatnovi qayta yoʻlga qoʻyiladi:

6440-sonli Hojikent—Oʻzbekiston;
6442-sonli Hojikent—Toshkent;
6429-sonli Toshkent—Hojikent;
6430-sonli Hojikent—Toshkent;
6435-sonli Toshkent—Hojikent;
6436-sonli Hojikent—Toshkent;
6437-sonli Toshkent—Hojikent;
6441-sonli Toshkent—Hojikent;
6414-sonli Toshkent—Guliston;
6413-sonli Guliston—Toshkent;
6418-sonli Toshkent—Sirdaryo;
6407-sonli Sirdaryo—Toshkent.

Kompaniya vokzal hududida hamda vagon ichida yoʻlovchilar sanitariya-gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qatʼiy rioya qilishi kerakligini eslatib oʻtdi.

Elektrichkalar harakati haqida qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl kassalari hamda maʼlumotlar byurosidan olish mumkin.

Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 15 avgustdan boshlab mamlakat hududlari oʻrtasidagi temir yoʻl qatnoviga ruxsat berilgan edi.

 

Asosiy mavzular