20:48 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Jamiyat
Havola olish
239 0 0

Rossiyalik shifokorlar maxalliy mutaxassislar bilan birgalikda ogʻir bemorlarni konsultatsiya qilish, oʻzaro tajriba almashish bilan shugʻullanmoqdalar.  

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekistonlik hamkasabalariga yordam berish uchun kelgan rossiyalik shifokorlar qaysi klinikalarda nima ishlar bilan shugʻullanmoqda? 

Ushbu savolga bugun AOKAda boʻlib oʻtayotgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Barno Abdusamatova javob berdi.

  • Mutaxassis aytishiga qaraganda, rossiyalik shifokorlar quyidagi tibbiy muassasalarda faoliyat yuritmoqda: 
  • Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti;
  • Viruslogiya ilmiy tekshirish instituti klinikalarida;
  • Zangiota tumanidagi yuqumli kasalliklar shifoxonasida;
  • Samarqand, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo va Xorazm viloyatlaridagi ixtisoslashgan shifoxonalarda 

Rossiyalik shifokorlar maxalliy mutaxassislar bilan birgalikda ogʻir bemorlarni konsultatsiya qilish, oʻzaro tajriba almashish bilan shugʻullanmoqdalar.  

Undan tashqari Oʻzbekiston olimlari, yuqori malakali mutaxassislari ishlab chiqqan protokollar, tavsiyalar hamda bemorlarni kasallik kechishi boʻyicha saralash algoritmi bilan tanishib chiqmoqdalar.

Eslatib oʻtamiz 16 avgust kuni Rossiyadan 38 nafar shifokor koronavirusga qarshi kurashda hamkasabalariga yordam berish uchun Oʻzbekistonga yetib kelgan edi. Ular bir oy davomida oʻzbekistonlik hamkasabalari bilan tajriba almashishadi.

Asosiy mavzular