Yangiyo‘lda bir guruh "jihodchilar" qo‘lga olindi

© MVDV Uzbekistane zaderjani chleni techeniya "Djixadisti"*
V Uzbekistane zaderjani chleni techeniya Djixadisti* - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur guruhni tashkil qilgan 4 nafar shaxslar Suriyadagi terroristik tashkilot a’zolari safiga borib qo‘shilgan holda jangovar harakatlarda ishtirok etgan.

TOShKENT, 20 avg - Sputnik. Yangiyo‘l shahri va tumanida "Jihodchilar" oqimi a’zolarining bir guruhi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati.

Prestupnik za reshetkoy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik jihodchi 9-yilga qamaldi

"DXX Toshkent viloyati boshqarmasi va viloyat IIBB tomonidan Yangiyo‘l shahri va tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda "Jihodchilar" oqimining bir nechta a’zolaridan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur guruhni tashkil qilgan 4 nafar shaxslar Suriyadagi terroristik tashkilot a’zolari safiga borib qo‘shilgan holda jangovar harakatlarda ishtirok etgan", - deyiladi xabarda.

Ular Yangiyo‘l shahar va tumanida yashovchi yaqin tanishlarini ham shu yo‘lga da’vat qilgan holda, Suriyadagi "Tavhid va Jihod" katibasi Xalqaro terroristik tashkiloti safiga borib qo‘shilishni rejalashtirishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan, Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0