02:59 29 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
42 0 0

“Oʻzbekiston va Turkiya strategik hamkorligini rivojlantirishtoʻgʻrisidagi” qarorga asosan ga asosan Oʻzbekiston - Turkiya koordinatsion markazi ishga tushadi.

TOSHKENT, 20 avg – Sputnik. Samarqandda Turkiya Respublikasining bosh konsulxonasi ochiladi. Bu haqiida  Vazirlar Mahkamasining 18 avgustda qabul qilingan 494-sonli qarorida aytib oʻtilgan.

“Samarqand viloyati hokimligi bilan birgalikda  2020 yil oxiriga qadar Samarqand shahrida Turkiya Respublikasining bosh konsulxonasini ochishda amaliy yordam koʻrsatilsin”, - deyilgan qaror matnida.

Shuningdek qarorda Turkiyaning Antaliya, Adana va Bursa shaharlarida Oʻzbekistonning faxrli konsullari tayinlan masalalari ham qoʻyilgan.

Undan tashqari, “Oʻzbekiston va Turkiya strategik hamkorligini rivojlantirish toʻgʻrisidagi” qaror matnida ikki davlat orasidagi koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan Koordinatsion markaz yaratish, oʻzaro loyihalarni amalga oshirishda amalyi yordam koʻrsatish, turkiyalik investorlar bilan tizimli ishlashni yoʻlga qoʻyish va boshqa masalalar qoʻyilgan.

Hujjat 19 avgustdan boshlab kuchga kirgan.

Asosiy mavzular