18:43 22 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
203 0 0

Respublika boʻyicha umumiy inflyatsiya miqdori - 4,6 %ni, oziq-ovqat tovarlari narxi oʻsishi esa - 6,2% ni tashkil qilgan. 

TOSHKENT, 20 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yilning ikkinchi choragida goʻsht mahsulotlari isteʼmoli yil boshiga nisbatan kamaygan. Bu haqida Markaziy bank eʼlon qilgan statistik maʼlumotlarda aytib oʻtilgan.

Markaziy bank soʻrovida aniqlanishicha,  pandemiya va karantin tufayli Oʻzbekiston aholisining 56 % oilaviy daromadi kamaygan, 21 % - taʼsir qilmagan, 15% - daromadsiz qolgan va 2%ning - daromadi koʻpaygan. 

Xususan, 1 chorakda oylik daromad miqdori  2, 4, 6 va 8 million soʻmgacha boʻlgan oilalar miqdori 8%, 40%, 30% va 13 % boʻlgan boʻlsa, 2 chorakda ushbu xoʻjaliklar ulushi quyidagicha oʻzgargan:  21%, 35%, 22%, va 10%. Yaʼni daromadi oʻrtacha va yuqori boʻlgan oilalar bir pogʻona pastga tushgan.

Ushbu oʻzgarishlar oqibatida uy xoʻjaliklarning ayrim xarajatlari miqdori kamaygan. Xususan, goʻsht mahsulotlari istemoli, meva- sabzavotlar, yogʻ-moy va non mahsulotlari isteʼmoli ham kamayishi kuzatilgan. Goʻsht mahsulotlari isteʼmoli kamayishi ayniqsa daromadi eng kam boʻlgan aholi orasida sezilarli boʻlgan. Oylik maoshi 2 million soʻmgacha boʻlgan xoʻjaliklar goʻsht mahsulotlariga xarajatlarini 40%gacha kamaytirgan.

Ushbu davr mobaynida Respublika boʻyicha umumiy inflyatsiya miqdori 4,6 %ni tashkil qilgan, lekin oziq-ovqat tovarlari narxi oʻsishi - 6,2% ni tashkil qilgan. 

Birinchi yarim yillikda Respublika boʻyicha aholi jon boshiga oʻrtacha daromad 5,1 million soʻmni tashkil qilgan. Toshkent shahrida ushbu koʻrsatgiya 10,5 mln. soʻmni, Navoiyda 8,3 mln. soʻmni, Buxoroda 6,5 mln soʻmni tashkil qilgan. Eng kam oʻrtacha dromad esa Qoraqalpogʻiston - jon boshiga va Namanganda qayd etilgan - 3,9 mln. soʻmdan. Qolgan viloyatlarda aholi oʻrtacha daromadi 4-5,2 mln. oraligʻida boʻlgan. 

Asosiy mavzular