07:13 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
379 0 0

Mart-iyul oylarida Oʻzbekistonga Rossiya tomonidan koronavirusni diagnostika qilish uchun mingdan ortiq test tizimlari yetkazib berilgan.

TOSHKENT, 21 avg – Sputnik. Rospotrebnadzorning bir guruh mutaxassislari koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashning tashkiliy choralari boʻyicha maslahat berish uchun yaqin orada Oʻzbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Bu haqida Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar qildi.

“Rospotrebnadzorning bir guruh mutaxassislari oʻzbekistonlik hamkasabalarini epidemiyaga qarshi kurash choralarini tashkil qilish boʻyicha maslahatlashish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurishi mumkin. Biz ushbu tashrif yaqin orada amalga oshadi va birgalikda koʻrilgan choralar Oʻzbekistondagi epidemiologik vaziyatni sifat darajasida yaxshilashga xizmat qiladi degan umiddamiz”, - dedi Zaxarova brifingda.

Diplomat aytishiga qaraganda, mart-iyul oylarida Oʻzbekistonga Rossiya tomonidan koronavirusni diagnostika qilish uchun mingdan ortiq test tizimlari yetkazib berilgan.

Zaxarova shuningdek, 16 avgust kuni Oʻzbekistonga 38 nafar shifokorlar guruhi yuborilganini va Rossiya sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan videokonferentsiyalar oʻtkazilayotganini qayd etdi.

Asosiy mavzular