Olimlar quyosh nuri yordamida virusni yo‘q qiladigan niqob yaratishdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishProdaja meditsinskix masok v aptekax
Prodaja meditsinskix masok v aptekax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nanosimli niqob quyosh nuri yordamida oksidlanish jarayonini hosil qiladi va bu viruslarni zararsizlantirishga yordam beradi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. Shveysariyaning Murakkab moddalar fizikasi laboratoriyasi olimlari viruslarni va zararli bakteriyalarni yo‘q qiladigan niqoblarni yaratdilar, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston "Populyarnaya mexanika" nashriga asosan.

Maski i respiratori - Sputnik O‘zbekiston
Qanday niqob viruslardan yaxshiroq himoya qiladi?

Ishlab chiquvchilarning fikriga ko‘ra, yangi material konditsioner va shamollatish tizimlarida ham ishlatilishi mumkin. Garchi nanosimlar asosida yaratilgan niqob odatdagi filtrlangan qog‘ozdan tayyorlanganga o‘xshasa-da, ammo nanosim materialga qo‘shimcha antibakterial va antivirus xususiyatlarni beradi, bu unga mikroblarni o‘ldirishda samaraliroq bo‘lishga uni ko‘p marotaba ishlatilishiga imkon beradi. Ushbu filtr "namlikni juda yaxshi yutishi" tufayli, viruslar va bakteriyalarni tashiydigan tomchilarni ushlab qolishi mumkin. Bu quyosh yorug‘ligi yordamida ishga tushiriladigan oksidlanish jarayoni uchun qulay muhit yaratadi. Ya’ni, quyosh nuri niqobga tegishi bilan, uning tolalari nanosimlardagi namlikni oksidlovchi moddalarga (shu jumladan vodorod peroksidiga) aylantiradi. Ushbu moddalar aloqa paytida patogenlarni yo‘q qiladi, deya ta’kidlaydi olimlar.

Tajribalar davomida guruh, filtr ichak tayoqchalari bakteriyalarini yo‘q qilishini va DNK zanjirlarini parchalashi mumkinligini namoyish qildi. Noto‘qima polipropilen plastik mikrotoladan tayyorlangan standart bir martali qog‘oz niqoblari ham respirator kasalliklari tarqalishining oldini olishda samarali hisoblanadi. Ammo ular, odatda, patogenlarni shunchaki ushlab qoladi holos va bu bir martalik chora bo‘lganligi uchun sanitariya ishloviga uchramaydi, deydi mutaxassislar.

Yangi material hali aynan SARS-CoV-2ga sinovdan o‘tkazilishi kerak, ammo tadqiqotchilar ishonchi komil, nanosimli maskalar pandemiyaga qarshi kurashda foydali bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0