16:36 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
131 0 0

Poraxoʻr amaldorlar haqida tegishli organlarga berilgan xabar uchun fuqarolarga pul mukofoti beriladi - yangi qonun.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Oʻzbekistonda korruptsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan fuqarolar pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi. Bu haqida Vazirlar Mahkamasi va Bosh prokuratura tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib oʻtilgan. 

Mukofotlar fuqarolarga, nodavlat tijorat tashkilotiga, davlat tashkiloti xodimi yoki oʻzini oʻzi boshqarish organi xodimiga berilishi mumkin. 

Korruptsion ish ustidan chiqarilgan sudning ayblov hukmi - ushbu faktni aniqlashda yordam bergan fuqaroning ragʻbatlantirilishga asos boʻladi. 

Ragʻbatlantirish miqdori korruptsiyaga oid huquqbuzarlikning ijtimoiy xavfligidan kelib  chiqqan holda, byudjetdan  bazaviy  hisoblash  miqdorining  3-25  baravari  (669 ming ‒ 5,6 mln soʻm), pora yoki zarar summasi BHMning 100  baravaridan  oshgan  taqdirda  pora  (zarar)  summasining  15 foizgacha (11,1 mln soʻm)  miqdorda  pul  mukofoti  bilan  ragʻbatlantiriladi. 

Undan tashqari korruptsiyaga  oid  jinoyatlarni  fosh  etishda  ahamiyatga  ega dalillar  haqida  xabar  berganlik, tergov va tezkor-qidiruv tadbirlarini  oʻtkazishda  koʻmaklashganlik  uchun  tashakkurnoma  yoki  esdalik  sovgʻa bilan  ragʻbatlantirish ham nazarda tutilgan. 

Xabarda aytilishiga koʻra, ushbu yangi qonun xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasidan kelib chiqqan holda tuzilgan. 

Misol uchun AQSH korruptsiya haqida xabar berganda noqonuniy olingan mulkning 15-30 foizigacha, kanadada 10 ming kanada dollarigacha pul mukofoti beriladi. Qoʻshni Qozogʻistonda kichik qoidabuzarlik uchun 2-6 mln soʻmgacha, katta summali poralar uchun - 67 mln soʻm ekvivalentigacha pul mukofoti beriladi. 

Qozogʻistonda  2017/19  yillarda  byudjetidan  korruptsiyaga  oid  huquqbuzarlik  haqida  xabar  berganlik  uchun  
708 nafar  shaxs  99 mln  tenge  (2,4 mlrd soʻm),  joriy  yil  1-choragida  44 nafar  shaxs 7,2 mln  tenge  (176,6 mln soʻm)  bilan  ragʻbatlantirilgan.

Asosiy mavzular