O‘zbekiston hukumati Chashma bulog‘i voqealarida vayron bo‘lgan uylarni tiklab berdi

© Press-slujba GSB UzbekistanaVlasti Uzbekistana vosstanovili doma razrushennie vo vremya konflikta v uzbeksko-kirgizskoy granitse
Vlasti Uzbekistana vosstanovili doma razrushennie vo vremya konflikta v uzbeksko-kirgizskoy granitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati xonadonlari talafot ko‘rgan fuqarolarning uylari qurilish-ta’mirlash ishlariga 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirdi.

TOShKENT, 21 avg - Sputnik. O‘zbekiston hukumati Chashma bulog‘i voqealarida talafot ko‘rgan ikki oilaga tegishli xonadonlar tiklab berildi, kuni kecha ushbu xonadonlarning foydalanishga topshirish tadbiri o‘tkazildi, deb xabar berdi DXX matbuot-xizmati.

Perviy vitse-premyer-ministr Kirgizstana Kubatbek Boronov vstretilsya s premyer-ministrom Uzbekistana Abdulloy Aripovim na propusknom punkte Chechme-Avtodorojniy v Batkenskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Chegaradagi mojaro: Aripov va Boronov nimalar to‘g‘risida kelishib oldi

"Tadbirda mahalla faollari bilan birga DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari ham ishtirok etishdi. Xonadon egalari ko‘rsatilgan yordam va ehtirom uchun davlatimiz rahbariyatiga o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilishdi", - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i oldida 31-may kuni ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida mojaro yuz bergan edi. Ushbu noxush voqealarda Chashma mahallasida yashovchi fuqarolar - Rahmatjon To‘xtasinov va Ravshanjon To‘xtanazarovlarning xonadonlari katta talafot ko‘rgan.

O‘zbekiston hukumati tomonidan bu xonadonlarni tiklash bo‘yicha topshiriqlar berilgan. Berilgan topshiriqqa ko‘ra, To‘xtasinovning xonadoni kapital ta’mirlangan, fuqaro To‘xtanazarovga yangitdan uy qurib berilgan.

Qurilish-ta’mirlash ishlariga O‘zbekiston hukumati tomonidan 600 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan.

Yangiliklar lentasi
0