20:09 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
100950

Oʻzbekiston tomonining Rossiya bilan temiryoʻl orqali yoʻlovchi tashishni tiklash haqidagi soʻrovi yaqin vaqt ichida Transport vazirligida koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik.  Oʻzbekiston temiryoʻl orqali yoʻlovchi tashishni qayta tiklamoqchi, deb xabar qilmoqda Rossiya Temir yoʻllari (RTY), RIA Novosti xabariga asosan. 

RTY bosh direktori Oleg Belozerov aytishiga qaraganda, Oʻzbekiston tomoni yaqin vaqt ichida temiryoʻl orqali yoʻlovchi tashishni qayta tiklamoqchi ekanini  Rossiya transport vazirligiga xabar bergan.  

"Biz oʻzbekistonlik hamkasabalarimiz bilan doimiy aloqada boʻlib turibmiz. Birinchi navbatda fuqarolarni olib chiqish masalasini hal qilmoqdamiz. Doimiy yoʻlovchi tashishni yoʻlga qoʻyish borasida esa - biz Rossiya transport vazirligini Oʻzbekiston tomonining istagini yetkazdik va yaqin orada ushbu masala koʻrib chiqiladi va tegishli qaror qabul qilinadi", - dedi RTY bosh direktori.  

Eslatib oʻtamiz, Rossiya va Oʻzbekiston orasida xalqaro poyezdlar harakati koronavirus pandemiyasi tufayli 16 martda toʻxtatilgan edi. Foydalanilmagan chiptalarni qoʻshimcha toʻlovlarsiz qaytarish mumkin. 

Asosiy mavzular