00:13 26 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
314 0 0

Moskvada doʻkon egalari qullikda ushlab turgan migrantlar haqida film suratga olinmoqda. Bu oʻzbekistonlik rejissyorning debyuti.

TOSHKENT, 21 avg - Sputnik. Moskvada zamonaviy qullikka bagʻishlangan "Produktы 24" filmining suratga olish jarayoni olib borilmoqda. Rejissyor Mixail Borodinning ushbu debyut ishi "Golyanovo qullari" haqida hikoya qiladi.

Rejissyorning oʻzi ham Oʻzbekistonda tugʻilgan. Shu bilan birga, rejissyor kino haqidagi Cinemaholics mustaqil nashr bilan suhbatda, "film zoʻravonlik paradiga aylanmasligi" va tomoshabinni oʻzidan qaytarmasligi uchun voqeani oʻzgartirishga toʻgʻri kelganini aytdi.

"Sobiq Sovet respublikalaridan kelgan migrantlarning muammolarini jiddiy koʻtaradigan yagona film Sergey Dvortsevoyning "Ayka" ekanligi meni hayron qoldirdi va qaygʻuga soldi. Men bu masalani yanada chuqurroq davom ettirilishini istardim. Baʼzi odamlar mutlaqo huquqsiz holatda, boshqalar esa bundan foydalanishmoqda. Bunday masalalar meni hayajonga solmoqda, ammo ular haqida gap bahslar yoʻq", - dedi Borodin.

Suratga olish jarayoni poytaxtda 5 avgustdan boshlandi, filmga teatrning taniqli boʻlmagan artistlari va kino debyutantlari taklif etildi. Rejissyor tan olishicha, avvalo u rollar uchun eng oʻxshash odamlarni topishga harakat qildi.

"Golyanovo qullari" tarixi Moskvada yuz bergan haqiqiy voqeadir. Doʻkon egasi qullikda 12 kishini ushlab turgan - Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolarini. Migrantlar kaltaklanardi, qizlar zoʻrlanardi. Ushbu voqea deyarli yaxshi yakun topdi - migrantlar huquq himoyachilari tomonidan ozod qilindi, ammo doʻkon egalari jazodan qutulishga muvaffaq boʻlishdi.

Asosiy mavzular