05:34 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
51410

Tadbirga 74 nafar ichki ishlar organlari, 15 nafar Milliy gvardiya xodimlari va 123 nafar jamoatchilik vakillari jalb qilingan.

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Mustaqillikning 29 yilligiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish davomida jamoat tartibni saqlash, jamoat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Buxoro tumanida maxsus tezkor-profilaktik tadbir oʻtkazilmoqda, deb xabar berdi Oʻzbekiston IIV.

Tadbirga 74 nafar ichki ishlar organlari, 15 nafar Milliy gvardiya xodimlari va 123 nafar jamoatchilik vakillari jalb qilingan. 

Tadbirni samarali oʻtkazish maqsadida 10 ta mahallalarda jami 12 ta patrullik yoʻnalishlari tashkil etildi.

Taʼkidlanishicha, tadbir davomida mahallarda pasport-viza qoidalarini buzish bilan bogʻliq 3 ta huquqbuzarlik holati, shuningdek, 28 ta boshqa turdagi maʼmuriy huquqbuzarliklar aniqlangan hamda 2 nafar fuqaroga nisbatan sud qarorlariga asosan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. 

Bemaqsad yurib fuqarolar osoyishtaligiga ziyon yetkazishi mumkin boʻlgan, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil 98 nafar shaxslar ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, ular bilan tezkor-profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan.

Jinoyat sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarni tezkor qamrovga olish, ular tomonidan sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish maqsadida tadbir davomida 2 nafar spirtli ichimlikka ruju quygan shaxslar hamda 1 nafar ruxiy kasallar aniqlanib, davolanish uchun sogʻliqni saqlash muassasalarga joylashtirilgan.

Ichki ishlar organlarining profilaktik hisobida turgan 32 nafar shaxslar bilan yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar oʻtkazilgan.

Bundan tashqari mahallalarda faoliyat yuritayotgan savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, doʻkonlar, dorixona va shunga oʻxshash obʼyektlarda karantin talablariga rioya qilish holatlari oʻrganilib, ogohlantiruv profilaktik targʻibot ishlari olib borilgan.

Maxsus tezkor-profilaktik tadbirni oʻtkazish davomida ilgari sudlangan shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etilishini oldini olish maqsadida 18 nafar ilgari sudlangan shaxslar yashash manzillariga borib tekshirilib, maʼmuriy nazorat qonuni taʼsiri ostiga tushuvchi 2 nafar shaxslarga nisbatan maʼmuriy nazoratga oʻrnatilgan.

Yoʻl-patrul xizmati maskanlari, "Jamoatchilik nazorati maskanlari" va boshqa obʼyektlarda 184 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan oʻtkazilgan. 

Mazkur yoʻnalishdagi tadbirlar viloyatning boshqa barcha tuman(shahar)larida ham davom ettirilmoqda.

Asosiy mavzular