02:18 25 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
1249 0 0

Sentyabrdan pensiyalar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshiriladi

TOSHKENT, 22 avg - Sputnik. Oshayotgan nafaqalar, "propiska"siz yashashda yangi tartiblar: Adliya vazirligi Oʻzbekistonda 1 sentyabrdan roʻy beradigan oʻzgarishlar haqida maʼlum qildi.

Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

1. Pensiyalar, bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga, zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqalar miqdori 10 foizga oshiriladi va quyidagicha belgilanadi:

* pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 262 470 soʻm;

* yoshga doir eng kam pensiyalar – 513 350 soʻm;

* bolalikdan nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 513 350 soʻm;

* zarur ish stajiga ega boʻlmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 315 030 soʻm.

2. Xorazm viloyati va Toshkent shahri oʻrtasidagi eksport qatnovlarda eksport qiluvchilarga temir yoʻl yuk qatnovi tariflariga 50 foiz chegirma joriy etiladi.

3. Xorijga olib chiqib ketish mumkin boʻlgan naqd valyuta miqdori oshadi

Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 mln soʻm ekvivalentidan ortiq Oʻzbekiston naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi uchun deklaratsiya toʻldiriladi (amalda 2 ming AQSH dollari).

Shuningdek, 100 mln soʻmga teng yoki undan oshmaydigan naqd valyuta Oʻzbekistondan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga amal qilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi (amalda 5 ming AQSH dollari).

4. Davlat boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, hokimliklar tomonidan oʻz faoliyati boʻyicha jamoatchilik oldida elektron hisobot berish tartibi joriy etiladi.

5. Barcha auktsion savdolari natijalari QR-kodni qoʻllash orqali rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, "E-IJRO AUKSION" tizimida quyidagi tartiblar joriy qilinadi:

* auktsionda shaxsini identifikatsiyalash imkonini beruvchi mobil ilovalar orqali ishtirok etiladi;

* davlat mulkini ijaraga berish shartnomalari elektron shaklda ikki tomonlama tuzish orqali rasmiylashtiriladi;

* savdolarda mavjud boʻlgan lotlar haqida batafsil maʼlumotlarni oʻz ichiga oluvchi doimiy yangilanib turadigan va Agentlikning rasmiy veb-saytida joylashtiriladigan elektron katalog yaratiladi.

6. Chegara bojxona postlarida “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi joriy etiladi va buning natijasida bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqtni eksportda 5 barobarga va importda 2 barobarga qisqartirishga erishiladi.

7. Roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun boʻladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida Oʻzbekiston fuqarolarini doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish yuzasidan quyidagi tartibotlar kuchga kiradi:

fuqarolarning doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtmasdan istiqomat qilish muddati 15 kun hisoblanadi (amalda 10 kun);
doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olishni rasmiylashtirish 1 kun ichida amalga oshiriladi (amalda 3 kun);
Oʻzbekiston fuqarolarini doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda avvalgi doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqish tartibi bekor qilinadi;
Oʻzbekiston fuqarolariga doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olinishini rasmiylashtirishda pasport, uy daftari yoki xonadon kartochkasiga roʻyxatga olish shtampini bosish amaliyoti bekor qilinadi;
harbiy xizmatga majburlarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olishda mudofaa ishlari boʻlimlariga harbiy hisobdan chiqish va harbiy hisobga turish uchun borish tartibi bekor qilinadi;
Oʻzbekiston fuqarosi tomonidan soliq idoralarida hisobga olingan ijara shartnomasi haqida maʼlumot taqdim etilganda vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olinishda uy-joy egasining roziligi talab etilmaydi.
Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kiradi.

8. Toshkent shahri va Toshkent viloyatida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish bilan bogʻliq ishlar idoralararo elektron hamkorlik orqali “yagona darcha” tamoyili asosida Ichki ishlar vazirligining “Manzil” avtomatlashtirilgan axborot tizimi vositasida amalga oshiriladi.

9. Nukus, Andijon, Buxoro, Samarqand, Urganch va Fargʻona shaharlarida joylashgan tibbiyot OTMlarida belgilangan tartibda falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalarini beruvchi ilmiy kengashlar tashkil etiladi.

10. Davlat buyurtmasi asosida bosma mahsulotlar, shu jumladan, darsliklar va oʻquv-metodik majmualarni nashrga tayyorlash va chop etish, Oʻzbekiston norezidentlari ham qatnashishi mumkin boʻlgan, davlat xaridlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

11. Soliq va statistika hisobotlari maʼlumotlari hamda Qurilish sohasida nazorat inspektsiyasi maʼlumotlari asosida qurilish-pudrat tashkilotlarining elektron reytingi joriy etiladi.

12. Undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi nizom kuchga kiradi.

13. Sanitariya-epidemiologiya va jamoat salomatligi sohasida bakalavriat va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlash maqsadida tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida “Tibbiy-profilaktika va jamoat salomatligi” fakulteti tashkil etiladi.

14. Davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi kontsert, madaniyat saroylari va boshqa muassasalarda toʻliq jonli ijro asosida oʻtkazilgan kontsert dasturlari uchun ijara toʻlovidan 50 foiz chegirma berish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilingan, ommaviy ijroga moʻljallangan dramatik, musiqali va musiqali-dramatik asarlarni xususiy teatrlarda ham sahnalashtirish va ijro etishga ruxsat beriladi.

Quyidagi tartib joriy etiladi:

koʻchma tsirklar tomonidan oʻtkaziladigan tomosha tadbirlariga ommaviy tadbir oʻtkazish uchun ruxsatnoma olish talab etilmaydi, bunda tadbir oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida ichki ishlar organlari kamida 10 kun oldin yozma ravishda xabardor qilinadi;
ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya va Favqulodda vaziyatlar vazirligi organlari mazkur tomosha tadbirlarida jamoat tartibi va yongʻin xavfsizligini toʻlov undirilmagan holda taʼminlaydi;

davlat organlari va tashkilotlari tizimidagi madaniyat va istirohat bogʻlari, sport inshootlari, sayilgohlar va boshqa ochiq hududlarda koʻchma tsirklar tomonidan tomosha tadbirlari oʻtkazish uchun ijara va boshqa turdagi toʻlovlar undirilmaydi;
oʻzini oʻzi band qilgan fuqarolarning nomoddiy madaniy meros obʼyektlarini (dorboz, askiya, lapar) asrash va ulardan foydalanish boʻyicha faoliyatidan olingan daromadlariga soliq solinmaydi.

Asosiy mavzular