Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi

Obuna bo‘lish
Karim Kamolov 47-yillik faoliyati davomida rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan ulkan hurmat qozongan edi. 

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati. 

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-avgust kuni Buxoro shahridagi "Hazrati Imom" qabristoniga bu yerga tashrif buyurib, Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi. Marhum haqiga Qur’on tilovat qilindi", deyilshag xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi, Karim Jamolovich Kamolov 22-avgust kuni 65 yoshida vafot etgan edi.

O‘zining 47-yillik faoliyati davomida Karim Kamolov chinakam rahbarlik qobiliyati, insoniy fazilatlari bilan ulkan hurmat qozongani, Buxoroning har tomonlama rivojlanishi va obod bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan edi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident posetil mogilu Karima Kamalova
Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident posetil mogilu Karima Kamalova

Karim Kamolov 1955-yil Buxoro shahrida tug‘ilgan. Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiyasi institutini bitirib, mehnat faoliyatini qurilish sohasida boshlagan. 1994-2007 yillarda Buxoro shahri hokimi sifatida samarali mehnat qilgan.

U 2017-yildan Buxoro shahri hokimi, 2020-yil fevraldan Buxoro viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida mamlakatimizdagi islohotlarni amalga oshirishda fidokorona mehnat qildi. Karim Kamolov "Do‘stlik", "Mehnat shuhrati" ordenlari bilan mukofotlangan.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident posetil mogilu Karima Kamalova
Shavkat Mirziyoyev Karim Kamolov qabrini ziyorat qildi - Sputnik O‘zbekiston
Prezident posetil mogilu Karima Kamalova
Yangiliklar lentasi
0