Qatar O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurash uchun moliyaviy yordam berdi

© Sputnik / Abdulkader Xadj / Mediabankka o‘tishGoroda mira. Doxa
Goroda mira. Doxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qatar hukumati koronavirusga qarshi kurash maqsadida O‘zbekistonga navbatdagi moliyaviy yordam pulini o‘tkazib berdi.

TOShKENT, 23 avg - Sputnik. Qatar hukumati O‘zbekistonga COVID-19ga qarshi kurash uchun moliyaviy yordam berdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" axborot agentligi. 

"Qatar xayriya tashkiloti orqali O‘zbekistonga 200 ming AQSh dollari miqdorida beg‘araz moliyaviy yordam ajratishga qaror qildi", - deyilgan xabarda.

Maxsus komissiyasining qaroriga binoan, ushbu mablag‘lar Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpog‘istondagi filiali hisob raqamiga o‘tkazildi. Mablag‘lar koronavirusga qarshi favqulodda choralarni qo‘llab-quvvatlash doirasida zarur himoya vositalari va tibbiy jihozlarni sotib olishda foydalanishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, shu yilning may oyida Qatarning "Jasim va Hamad bin Jasim xayriya jamg‘armasi" COVID-19 ga qarshi kurash choralarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 200 ming AQSh dollari miqdorida beg‘araz moliyaviy yordamni "Mehr-shafqat va salomatlik" jamg‘armasi hisob raqamiga o‘tkazib bergan edi.

Qatar O‘zbekistondagi elchisi Muhammad al-Xajrning qayd etishicha, ushbu mablag‘lar "do‘st O‘zbekistonga mamlakat rahbariyatining aholini pandemiya xavfidan himoya qilish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida taqdim etiladi. "Bu Qatar va O‘zbekiston ushbu mushkul davrda bir-birini qo‘llab-quvvatlashga intilishlarining yana bir tasdig‘idir", degan edi elchi.

Yangiliklar lentasi
0