19:40 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
169 0 0

Oʻzbekiston qonunchiligiga oʻzgartirishlar kiritildi: Respublika hududi orqali oʻz avtotransportida harakatlangan xorijiy fuqarolar yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlab keyin chiqariladi.

TOSHKENT, 24 avg – Sputnik. Oʻzbekiston qonunchiligiga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra, endi chet el fuqarolari respublikadan oʻz shaxsiy avtomobillarida chiqib ketishidan oldin yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalarni toʻlashlari shart boʻladi. Bu haqda RFning Oʻzbekistondagi elchixonasi konsullik boʻlimi xabar berdi.

Tegishli jarimalar bojxona organlari tomonidan OʻzR IIVdan olingan maʼlumotlar asosida undiriladi. Bu toʻlovlarni bank kassalari, elektron toʻlov tizimlari yoki chegara bojxona postidagi oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish terminallari orqali toʻlash mumkin.

Jarima toʻlanmagan taqdirda, transport vositasi 60 kungacha muddatga ushlab qolinadi. Agar shu vaqt ichida qarzdorlik toʻlanmasa, sud qarori bilan qarz undiruvi avtomobil hisobidan amalga oshirilishi mumkin.

Asosiy mavzular