23:34 24 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
53601

Tajribali shifokor, Samarqand shahar 1-son tugʻruq majmuasi bosh vrachi Gulnora Joʻrayeva 56 yoshida olamdan oʻtdi.

TOSHKENT, 24 avg — Sputnik.  Tajribali shifokor, Samarqand shahar 1-son tugʻruq majmuasi bosh vrachi Gulnora Joʻrayeva olamdan oʻtdi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Gulnora Joʻrayevaga koronavirus tashxisi qoʻyilgandi. Davolanish yaxshi oʻtdi, ayol kasallikdan xalos boʻldi, qonda COVID-19 testi salbiy natijani koʻrsatdi. Ammo virus asoratlarni keltirib chiqardi. Gulnora Joʻrayeva pnevmoniyadan vafot etdi.

Gulnora Djurayeva, glavnыy vrach Samarkandskogo gorodskogo rodilnogo doma №1
Upravleniye zdravooxraneniya po Samarkandskoy oblasti
Gulnora Djurayeva, glavnыy vrach Samarkandskogo gorodskogo rodilnogo doma №1

Gulnora Joʻrayeva 1964 yilda Samarqandda tugʻilgan. 1988 yilda Samarqand davlat tibbiyot institutini bitirib, mehnat faoliyatini Surxondaryo viloyat Denav tumani markaziy shifoxonasida boshlagan. U  Samarqand viloyati Oqdaryo tumani markaziy shifoxonasida akusher-girekolog, Samarqand shahar 4-son tugʻruqxonasi 1-doyalik boʻlimi mudirasi, viloyat onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish markazi 1-doyalik boʻlimi mudirasi va direktor oʻrinbosari, shahar 2-son tugʻruqxonasi bosh vrachi, viloyat perinatal markazi boʻlim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Gulnora Joʻrayeva 2017 yildan hozirgi vaqtga qadar Samarqand shahar 1-son tugʻruq majmuasi bosh vrachi lavozimida mehnat qildi. 

Asosiy mavzular