21:00 26 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
127 0 0

Avtomobil togʻ poligonining maydoniga joylashtirilib boʻldi, hozirda musobaqaning ochilish marosimiga yakuniy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 24 avg - Sputnik. Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida shu kunlarda Xalqaro armiya oʻyinlari-2020 doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasi boshlanadi.

RF vazirligi habar berishicha, ushbu musobaqaning mukofoti “Jentra” rusumli yengil avtomobili boʻladi.

Pobeditel sorevnovaniy po voyenno-meditsinskomu mnogoboryu v Uzbekistane poluchit mashinu

Bu yilgi musobaqada oltita mamlakat tibbiyot mutaxassislari ishtirok etmoqda: Oʻzbekiston, Rossiya, Belarus, Tojikiston, Vyetnam va Falastin.

"Harbiy shifokorlar oʻz mahoratini ikki bosqichda namoyish etishlari kerak: "Shaxsiy mahorat" va "Jamoaviy birinchilik". Shuningdek, "Eng yaxshi haydovchi" tanlovi ham boʻlib oʻtadi", - deb taʼkidlashdi Rossiya Mudofaa vazirligida.

Pobeditel sorevnovaniy po voyenno-meditsinskomu mnogoboryu v Uzbekistane poluchit mashinu

Birinchi bosqichda ("Shaxsiy mahorat") jamoalar quyidagicha taqsimlandi: Rossiya terma jamoasi Belarus jamoasi bilan bahslashadi, Falastin harbiylari Tojikiston bilan birgalikda oʻynashadi.

Oʻzbekiston harbiylari oxirgi boʻlib chiqishadi - ularning raqiblari Vyetnam vakillari boʻladi.

Barcha ishtirokchilar toʻsiqlarni yengib oʻtish boʻyicha murakkab mashqlarni bajarishlari va maxsus mashgʻulotlarda raqobatlashishlari kerak boʻladi.

Ikkinchi bosqich - "Jamoaviy birinchilik"da, "oʻrta va kichik tibbiy xodimlar shartli yaradorlarni jang maydonidan olib chiqishlari kerak boʻladi, tibbiy xodimlar tarkibi esa oʻz mahoratlari va bilimlarini simulyatsion markazda namoyish etadilar".

Dastlab Falastin va Oʻzbekiston jamoalari chiqishadi. Keyin rossiyalik mutaxassislari tojikistonlik hamkasblari bilan birgalikda oʻz imkoniyatlarini namoyish etadilar.

Bosqich Belarus va Vyetnam harbiylari tomonidan yopiladi.

Asosiy mavzular