O‘zbekistonga Rospotrebnadzor mutaxassislari tashrif buyurishdi

© Sputnik / Tatyana Makeyeva / Mediabankka o‘tishRabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU
Rabota medikov s bolnimi COVID-19 v klinike MGU - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RF mutaxassislari ilmiy va amaliy tadbirlar, onlayn-maslahatlar o‘tkazadilar, shuningdek, COVID-19ga qarshi kurashda Rossiya amaliyotini respublikada tadbiq etish imkoniyatlarini o‘rganib chiqadilar.

TOShKENT, 24 avg - Sputnik. COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash doirasida Rossiyadan O‘zbekistonga yetti nafar mutaxassis - Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo‘yicha Federal xizmati epidemiologlari, virusologlari va infeksionistlari tashrif buyurishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Rospotrebnadzor xodimlari 2020-yil 23-avgustdan 5-sentabrgacha Sanitariya-epidemiologik farovonlik Agentligi va unga qarashli tashkilotlarda maslahat ko‘magini ko‘rsatadilar.

Ofitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del Rossii Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
Rospotrebnadzor mutaxassislari O‘zbekistonga tashrif buyuradi - Zaxarova

Ushbu tashrif davomida rossiyalik mutaxassislar mamlakatdagi epidemiologik vaziyat bilan tanishishni rejalashtirmoqdalar. Shuningdek, ular epidemiologik nazorat, laboratoriyalar, koronavirus bilan kasallanganlarni davolashga yo‘naltirilgan tibbiyot muassasalari ish mexanizmini batafsil o‘rganadilar.

Delegatsiya a’zolari poytaxtdan tashqari Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlaridagi tibbiyot muassasalarida bo‘lishadi.

RF mutaxassislari tashrifi davomida ilmiy-amaliy tadbirlar, onlayn-maslahatlar o‘tkazadilar, shuningdek, COVID-19ga qarshi kurashning Rossiya amaliyotini joriy etish imkoniyatlarini o‘rganadilar.

Avvalroq, respublikaga Rossiyadan 40 nafar shifokor koronavirus bilan kasallangan bemorlarni davolashda yordam berish uchun yetib kelgan. Guruh tarkibiga reanimatologlar, pulmonologlar, infeksionistlar, kardiologlar va endokrinologlar kirgan.

Yangiliklar lentasi
0