15:37 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
289 0 0

May oxirida “Chashma” bulogʻi boʻyida Qirgʻiziston hamda Oʻzbekiston fuqarolari oʻrtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar roʻy bergan.

TOSHKENT, 25 avg — Sputnik. Joriy yil 31 may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Soʻx tumani, Chashma qishlogʻining Qirgʻiziston Respublikasi, Batken oblasti, Kadamjay rayoni, Chechme ayili bilan chegaradosh hududida joylashgan “Chashma” bulogʻi boʻyida Qirgʻiziston hamda Oʻzbekiston fuqarolari oʻrtasida buloqdan foydalanish yuzasidan kelib chiqqan nizo oqibatida ommaviy tartibsizliklar roʻy bergan.

Press-slujba xokimiyata rayona Sux / Telegram

Ushbu nizoni bartaraf etish maqsadida Soʻx tumani Chashma qishlogʻiga yetib borgan mahalliy hokimiyat vakillari hamda huquqni muxofaza qiluvchi organ hodimlariga tartibbuzarlar tomonidan faol qarshilik koʻrsatilib, ularga turli darajada shikastlar yetkazilgan.

Mazkur holat boʻyicha 01.06.2020 yilda Fargʻona viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish) va 244-moddasi (Ommaviy tartibsizliklar) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Asosiy mavzular