06:45 01 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB132.07
  • EUR12003.57
  • USD10321.21
Jamiyat
Havola olish
401 0 0

Vazirlik repatriatsiya parvozlarining qimmatligini obʼyektiv xarajatlar, karantin choralari xarajatlari hamda xususiy aviakompaniyalar narx-navolari bilan izohladi.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Oʻzbekiston Transport vazirligi charter reyslarning qimmatligiga izoh berdi. 

Maʼlumki, ayni damda chater parvozlari narxlari quyidagicha:

  • Moskva - Toshkent - 397 $
  • Istanbul-Toshkent - 353-400 $
  • Dubay-Tashkent - 366 $

Vazirlik xabariga koʻra, ushbu holat, birinchi navbatda, repatriatsiya charter parvozlarini tashkil qilishdagi obʼyektiv sabablarga bogʻliq. 

Aksariyat davlatlar hollarda yoʻlovchilarni qabul qilishga tayyor emas, shu sababli samolyotlar faqat bir tomonga yoʻlovchilar bilan uchadi.

Shuningdek, samolyotlar ijara puli, parvozlar masofasi va nechta davlatlar havo kengligi hududidan uchib oʻtishi, aeronavigatsion xizmatlar, aeroport yer usti xizmatlari va yigʻimlari.

Undan tashqari yoʻlovchilarni aeroport hududidan mehmonxonaga yetkazib qoʻyish, karantin qoidalariga rioya etilish nazorati, tibbiy va sanitariya xizmat xarajatlari, PZR testlari va boshqa xarajatlar. 

Ikkinchidan, ayni damda charter parvozlar 20 dan ortiq xususiy kompaniyalar tomonidan amalga oshirilmoqda: Atlanta Air, Asia Lux, Golden Valley, Anzur Travel, Real Avia Business, Don Avia Trans, Jalolkuduk avia trans, Otpusk.uz va boshqalar. 

Transport vazirligi turoperatorlar va aviakompaniyalar tomonidan tashkil etilayotgan tijoriy charter reyslarining chipta narxlarini shakllantirish va belgilash jarayonlarida ishtirok etmaydi, deyilgan xabarda.

Asosiy mavzular