O‘zbekistonliklar “Tank biatloni” poygasida marraga 4chi bo‘lib yetib kelishdi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tish"ArMI — 2020". Tankoviy biatlon. Individualnaya gonka
ArMI — 2020. Tankoviy biatlon. Individualnaya gonka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Tank biatloni” musobaqasining uchinchi kunida Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston ikkinchi ekipajlari startga chiqdi.

TOShKENT, 26 avg — Sputnik. "Tank biatloni” musobaqasining navbatdagi poygasida O‘zbekiston tankchilari yana marraga to‘rtinchi bo‘lib kelishdi: jamoa 30 daqiqa 11 soniya natijani ko‘rsatdi.

Musobaqaning eng yaxshi natijani mezbonlar - Rossiyaning Janubiy harbiy okrugi jamoasi (21.16) ko‘rsatdi. Qozog‘istonlik tankchilari ikkinchi bo‘lib marraga kelishdi (25.20 plyus 1 daqiqa jarima), uchinchi - Qirg‘iziston vakillari (28.20).

So‘nggi poygada bo‘lgani kabi birinchi divizion debutantlarini otishma pand berdi. Tankchilar zaradlash va jarima masofasini o‘tish uchun ko‘p vaqt sarflashdi.

27 avgust kuni uchinchi poyga bo‘lib o‘tadi, bu kvartetning so‘nggi uchta ekipaji ishtirok etadi. Kelasi hafta estafeta poygalari boshlanadi.

 

Yangiliklar lentasi
0