14:44 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
148301

Feruza Turdiyeva, birinchi navbatda oʻgʻlining tuzalib ketishini va shu bilan birga jinoyatchilar munosib jazolanishini hamda kelajakda ana shunday jinoyatlar oldi olinishini istaydi.

TOSHKENT, 26 avg – Sputnik. Toshkentda oʻsmirlar “razborkasi”da pichoqlangan bolaning onasi prezidentga murojaat qildi.

Sardor Kamilovning onasi Feruza Turdiyeva 24 avgust kuni Facebookdagi oʻz sahifasiga joylashtirgan videoda oʻgʻlining ogʻir ahvolidan zorlanib, prezidentdan oʻsmirlar orasida sodir etilayotgan jinoyatlarga eʼtibor qaratishni, kerak boʻlsa JKning taaluqli moddasiga oʻzgartirish kiritishni soʻragan.

Xususan Feruza Turdiyeva Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 104 moddasining 1-boʻlimini qayta koʻrib chiqish, voyaga yetmaganlar tomonidan ogʻir jinoyatlar sodir etishining oldini olishga eʼtibor berishni soʻragan.  

“Mana bu mening oʻgʻlim, 11 avgust kuni boʻlib oʻtgan oʻsmirlar “razborkasida” unga ikki marotaba pichoq urilgan.

Ushbu qonunni qayta koʻrib chiqishda sizning aralashuvingizni oʻtinib soʻrayman. Chunki hozirgi kunda qonun toptalishi har qadamda sodir boʻlmoqda. Agar hozir buni oldi olinmasa - mamlakatda terrorchi va retsidivistlar katta boʻladi. Yosh, voyaga yetmagan bolalar sogʻlom aqlda boʻla turib oʻta shafqatsiz jinoyatlar sodir etmoqda. Bu jinoyat oʻzini himoya qilish uchun sodir etilmadi. Bu shunchaki jinoyat. Unga orqasidan kelib pichoq urildi. Buni hatto erkakcha ish deb ham boʻlmaydi.

Mening 17 yoshli oʻgʻlim Kamilov Sardor ogʻir ahvolda. Uning bitta boʻyragi olib tashlangan. Men buni unga hali qanday aytishni ham bilmayapman. Biz qachongacha bunday jinoyatlarga chidab yuramiz?”, - deb oʻz murojaatini tugatgan Feruza Turdiyeva.

Mahalliy OAVlarda xabar berilishiga koʻra, voqea bunday boʻlgan. Sardor Kamilov 11 avgust kuni ertalab oʻziga tanish boʻlgan qiz bilan "Milliy Bogʻ”da yugurayotgan vaqtida notanish yosh yigit qiz bolani haqorat qiladi buning oqibatida u yigit va Sardor orasida nizo kelib chiqadi. Sardor unga kechkurun uchrashib gaplashib olishni taklif qiladi. Kechqurungi “razborka” vaqtida Sardorga boshqa yigit orqa tomondan kelib pichoq uradi.

Feruza Turdiyeva hozir birinchi navbatda oʻgʻlining tuzalib ketishini istaydi. Shu bilan birga yosh jinoyatchilar munosib jazolanishini hamda kelajakda bunday jinoyatlarni oldi olinishini istaydi.

Eslatib oʻtamiz, soʻnggi 3-4 yil ichida Oʻzbekistonda oʻsmirlar orasida pichoqlashish holatlari bir necha bor sodir boʻldi. Ularning bir nechasi OAVda keng yoritildi. Undan tashqari ijtimoiy tarmoqlarda ushbu mavzudagi xabarlar tez-tez paydo boʻlib turibdi. 

Asosiy mavzular