15:27 27 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Jamiyat
Havola olish
148 0 0

Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov ayrim viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalarining boshliqlarini kunlik ishlar bilan ovora boʻlib, eskicha ishlash tizimidan qutulmayotganini aytib, yuqoridan topshiriq tushishini kutib, "menda kasal kam", deb bamaylixotir boʻlmaslikka chaqirdi.

TOSHKENT, 26 avg - Sputnik. Cogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov tibbiyot tizimi xodimlari bilan koronavirus pandemiyasi davridagi vaziyat, infektsiyani oldini olish borasida birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazdi.

Unda hududiy sogʻliqni saqlash boshqarmalari rahbarlari, viloyat, tuman va shahar sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari masʼullari, tuman va shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari, koʻp tarmokli markaziy poliklinika mudirlari, oilaviy poliklinika va qishlok vrachlik punktlari mudirlari qatnashdi.

Viloyatlarda bugungi kunda koronavirus infektsiyasi va pnevmoniya bilan davolanayotgan umumiy bemorlar soni, kasallik kechishi dinamikasi, mobil poliklinikalar va brigadalar soni, avtotransport, aloqa vositalari bilan taʼminlanganligi, aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat holati, mavsumiy kasalliklarni oldini olish borasida olib borilayotgan vaktsinatsiya ishlari holati kabi qator masalalar tahlil qilindi.

Shu kunga qadar koronavirusga chalingan bemorlarga ambulator yordam koʻrsatishni tashkillashtirish boʻyicha vazirlikning 20 dan ziyod buyruqlari, koʻrsatma xatlari va ambulator sharoitda davolash boʻyicha protokol qabul qilindi.

Tibbiy oliy oʻquv yurtlari tomonidan tibbiyot xodimlari uchun onlayn tarzda 18 soatlik malaka oshirish kurslari tashkil etildi. Mobil brigada va "COVID-19" poliklinika" xodimlari oylik maoshiga kunlik 6 foizlik ustamalar belgilandi. Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari kechayu kunduz faoliyat yuritish tizimiga oʻtkazilib, poliklinikalarda call-markazlar tashkil qilindi, qoʻshimcha ravishda mobil va statsionar telefonlar bilan taʼminlanib, 7,3 millionga yaqin xonadon “onlayn patronaj” bilan qamrab olindi.

Shuningdek, poliklinikalarda mobil brigadalar tashkil qilinib, kasallikning yengil va alomatsiz shakllari va gumon qilinganlarni uyda davolash uchun 161 mingdan ziyod dori vositalari jamlanmasi — "COVID-box" bepul yetkazib berildi.

Videoselektorda ayni paytda sohadagi mavjud muammolar ham tahlil qilindi. Jumladan, Sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov ayrim viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmalarining boshliqlarini kunlik ishlar bilan ovora boʻlib, eskicha ishlash tizimidan qutulmayotganini aytib, yuqoridan topshiriq tushishini kutib, “menda kasal kam”, “menda kasallanganlar holati stabil”, deb bamaylixotir boʻlmaslikka chaqirdi.

Hududlardan taqdim etilayotgan hisobotlardagi nomutanosibliklar, aholi murojaatlarini, xususan, baʼzi holatlarda "onlayn patronaj" xizmatlariga kelib tushgan chaqiruvlarni koʻpaytirib qayd etish hollari uchrab turgani yuzasidan mutasaddilarga ogohlantirishlar berildi. Shifoxonalarda bemorning ambulator kartasi kabi kerakli hujjatlarni yuritish oqsayotgani holda keraksiz hujjatbozliklar koʻpayib ketgani, bir maʼlumot bir necha hujjatda qayd etilayotgani keskin tanqid qilindi.

Shuningdek, ambulator-poliklinika xizmatlarini samarali tashkil etish haqida soʻzlar ekan:

"Ambulator-poliklinika xizmati boʻyicha bosh mutaxassis, koʻp tarmoqli poliklinikalar mudirlari, bosh hashira hamda tibbiyot institutlari professor-oʻqituvchilaridan iborat ishchi guruhlar tuzib, sharoiti eng ogʻir qishloq vrachlik punktlarini borib koʻrish, faoliyatini oʻrganish, muammolar yechimini oʻsha joyning oʻzida mahalliy xokimliklar koʻmagida hal qilishimiz lozim, shundagina faoliyatimiz samarasi xalqimiz bahosida namoyon boʻladi", — deya taʼkidladi vazir Alisher Shadmanov.

Asosiy mavzular