Maxsus poyezd reysi bilan mingga yaqin fuqaro Rossiyadan olib kelindi

Obuna bo‘lish
“Toshkent – Rostov-Don–Toshkent” temir yo‘l reysi bilan 927 nafar fuqaro olib kelindi. Barcha fuqarolar karantin zonaga joylashtirildi.

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Respublika maxsus komissiyasi O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya Federatsiyasining Shimoliy Kavkaz va Janubiy federal okruglaridan olib kelish uchun “Toshkent – Rostov-Don–Toshkent” temir yo‘l reysini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qilgan edi. 

Rossiya va Qozog‘iston tomoni bilan kelishuvga binoan, 23-avgust kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ poyezdi 927 nafar fuqaro bilan “Pervomayskaya” stansiyasidan O‘zbekistonga jo‘nagan edi.

Mazkur poyezd 27-avgust kuni Namangan viloyatiga yetib keldi. Ushbu reys orqali olib kelingan barcha fuqarolar viloyat transport boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan avtobuslarda karantin zonalariga yetkazildi.  

Yangiliklar lentasi
0